O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

7-modda. Yashirin ovoz berish
Saylovda erkin va yashirin ovoz beriladi. Saylovchilarning xohish-irodasini nazorat qilishga yo‘l
qo‘yilmaydi.
Yashirin ovoz berish saylovchining xohish-irodasi ustidan har qanday tarzda nazorat qilish
imkoniyatini istisno etadigan tegishli sharoitlarni yaratish orqali ta’minlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi 
ikkinchi qismi
, mazkur Kodeksning
3-moddasi
, 24-moddasi 
birinchi

oltinchi xatboshilari
, 33-moddasi to‘rtinchi qismi 
birinchi

to‘rtinchi
xatboshilari
, beshinchi qismi 
birinchi

ikkinchi xatboshilari
, 49-moddasi 
birinchi qismi
, 50-moddasi birinchi
qismi 
birinchi

to‘rtinchi

beshinchi xatboshilari
, 53-moddasi ikkinchi qismi 
birinchi

ikkinchi xatboshilari
, 55-
moddasi 
birinchi qismi
, 56-moddasi 
ikkinchi qismi
, 57-moddasi 
to‘rtinchi qismi
, 75-moddasi 
ikkinchi qismi

80
— 82-moddalari
, 85-moddasi 
ikkinchi qismi
.
8-modda. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishdagi ochiqlik va oshkoralik
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishni saylov komissiyalari ochiq va oshkora
amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi 
oltinchi qismi
.
Saylov komissiyalari fuqarolarni o‘z ishi to‘g‘risida, saylov okruglari, uchastkalari tuzilganligi
haqida, saylov komissiyalarining tarkibi, ularning joylashgan eri va ish vaqti to‘g‘risida xabardor
etadi, saylovchilarning ro‘yxatlari, saylovda ishtirok etayotgan siyosiy partiyalarning ro‘yxati bilan
tanishtiradi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy
Kengashlar deputatligiga nomzodlar to‘g‘risidagi, shuningdek ovoz berish va saylov yakunlari
haqidagi ma’lumotlarni ma’lum qiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 
9

10

12

19

21-moddalari
, 22-moddasi 
birinchi

beshinchi xatboshilari

23-
moddasi
, 48-moddasi 
ikkinchi qismi
, 59-moddasi 
uchinchi qismi
.
Ommaviy axborot vositalari saylovga tayyorgarlikning borishini va saylov qanday
o‘tayotganligini yoritib boradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi 
sakkizinchi qismi

35

36-moddalari
.
Saylov komissiyalarining majlislari ochiq o‘tkaziladi. Saylov komissiyalarining qarorlari
ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi yoki ushbu Kodeksda belgilangan tartibda hammaga
ma’lum qilinadi.
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek
saylov kuni ovoz berish xonalarida va ovozlarni sanab chiqishda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentligiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar
ko‘rsatgan siyosiy partiyalardan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar,
ommaviy axborot vositalari vakillari, boshqa davlatlardan, xalqaro tashkilotlardan kuzatuvchilar
ishtirok etish huquqiga ega.
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi 
yettinchi qismi
, 35-moddasi 
birinchi qismi
, 54-moddasi
ikkinchi qismi
, 56-moddasi 
ikkinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil
19-sentabrdagi 938-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi saylovlarida xorijiy davlatlar va
xalqaro tashkilotlardan qatnashadigan kuzatuvchilar to‘g‘risida 
nizom
”.
Oldingi
 tahrirga qarang.



Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin