LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
46 — 48-moddalari
.
46-modda. Tashviqotni ommaviy axborot vositalari orqali olib borish
Tashviqot olib borilayotganda davlat ommaviy axborot vositalaridan
foydalanishda hajmiga
ko‘ra bir xil bo‘lgan efir vaqtini va nashr maydonini bepul berish yo‘li
bilan teng sharoitlar
ta’minlanadi.
Davlat ommaviy axborot vositalarida haq evaziga ham efir vaqti yoki nashr maydoni ajratilishi
mumkin.
Oldingi
tahrirga qarang.
Nodavlat ommaviy axborot vositalarida qonunchilikka muvofiq efir vaqti yoki nashr maydoni
ajratilishi mumkin.
(46-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ommaviy axborot vositalari tomonidan efir vaqti, nashr maydoni uchun belgilanadigan haq
to‘lash shartlari hamda boshqa talablar barcha uchun teng va bir xil bo‘lishi kerak.
Oldingi
tahrirga qarang.
Tashviqot maqsadida ommaviy axborot vositalaridan bepul foydalanish tartibi, hajmi va vaqti
siyosiy partiyalarning fikrini inobatga olgan holda tegishli
saylov komissiyasi tomonidan
belgilanadi.
(46-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 8-moddasi
uchinchi — beshinchi qismlari
,
35
,
45
,
47
,
48-moddalari
.
Dostları ilə paylaş: