53-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berishdan oldingi faoliyati Saylov kuni ovoz berish binosi uchastka saylov komissiyasi a’zolarining kamida uchdan ikki
qismi hozir bo‘lganda ochiladi.
Uchastka saylov komissiyalari:
yashirin ovoz berish uchun binoni ovoz berish boshlanguniga qadar tayyor holatga keltiradi;
uchastka saylov komissiyasi a’zolari orasida vazifalarni taqsimlaydi;
komissiyaning ikki a’zosi tomonidan imzolangan, muhr bilan tasdiqlangan saylov
byulletenlarini tayyorlaydi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi beshinchi qismi , 23, 24-moddalari , 28-moddasi ikkinchi - beshinchi qismlari , 32 , 49, 50 , 54 , 58-moddalari . 54-modda. Uchastka saylov komissiyasining ovoz berish kunidagi faoliyati Ovoz berish kuni saylov uchastkasida soat 8.00 da O‘zbekiston Respublikasining Davlat
madhiyasi yangraydi.
Uchastka saylov komissiyasining raisi komissiya a’zolari, kuzatuvchilar, ommaviy axborot
vositalari vakillari hozirligida:
ovoz berish boshlanganligini e’lon qiladi;
saylov qutilarining bo‘shligini tekshiradi va ularni bir marotaba ishlatiladigan plastmassa
plombalar bilan plombalaydi, plombalar raqami ko‘rsatilgan holda dalolatnoma tuziladi;
uchastkadagi ro‘yxat bo‘yicha saylovchilarning soni, olingan saylov byulletenlari soni hamda
muddatidan oldin ovoz berganlar haqida ma’lum qiladi. Ushbu ma’lumotlar yakuniy bayonnomaga
kiritiladi;
ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirib boradi hamda nazorat qiladi,
zarurat bo‘lganda komissiya a’zolariga yordam ko‘rsatadi, ular vaqtinchalik yo‘q bo‘lgan hollarda
ularni boshqa a’zolar bilan almashtiradi;
ovoz berish tugallanganligini e’lon qiladi;
binoda hozir bo‘lgan saylovchilarga ovoz berishni tugallashi uchun imkoniyat beradi.
Uchastka saylov komissiyasining a’zolari:
Oldingi tahrirga qarang. saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida uning saylovchilar ro‘yxatidagi
ma’lumotlarini tekshiradi, unga ovoz berish uchun saylov byulletenini imzo qo‘ydirib topshiradi;
(54-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089- son) kuzatuvchilarga va ommaviy axborot vositalari vakillariga saylov jarayonini kuzatish uchun
shart-sharoitlar yaratadi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 11-moddasi beshinchi qismi , 23, 24-moddalari , 28-moddasi ikkinchi - beshinchi qismlari , 32 , 49, 50 , 53 , 58-moddalari , O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida nizom”ning 9-bobi .