(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 16-iyundagi O‘RQ-779-sonli
Qonuniga
asosan yettinchi
va sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.06.2022-y.,
03/22/779/0528-son)
Mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazish bo‘yicha saylov
okruglari tegishli viloyat, tuman,
shahar saylov komissiyasi tomonidan, qoida tariqasida, saylovchilar soni teng holda tuziladi. Saylov
okruglarining chegaralari viloyatlar, tumanlar va shaharlarning ma’muriy-hududiy tuzilishi inobatga
olingan holda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
68-moddasi
.
Saylov okruglarini tuzishda saylov okruglaridagi saylovchilar sonining yo‘l qo‘yiladigan eng
ko‘p chetga chiqishi, qoida tariqasida, o‘n foizdan oshmasligi kerak.
Saylov okruglarining ro‘yxatlari ularning chegaralari, saylovchilar
soni va okrug saylov
komissiyalarining joylashgan eri ko‘rsatilgan holda saylovdan kamida yetmish besh kun oldin
tegishli saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida
nizom”ning
1-bobi
.
Dostları ilə paylaş: