Muddatidan oldin ovoz berishni amalga oshirish uchun saylovchi saylov kunida bo‘la
olmasligining sabablari (ta’til,
xizmat safari, xorijga chiqish va hokazo) ko‘rsatilgan ariza asosida
tegishli uchastka saylov komissiyasidan saylov byulletenini oladi. Saylovchi
saylov byulletenini
olganligi haqida tegishli uchastka komissiyasining kamida ikki nafar a’zosi hozirligida saylovchilar
ro‘yxatiga imzo qo‘yadi.
Saylov byulleteni maxsus jihozlangan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida saylovchi
tomonidan to‘ldiriladi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Saylovchi qaror qabul qiladi va to‘ldirilgan saylov byulletenini yopiq konvertda qoldiradi,
konvert tegishli uchastka saylov komissiyasining seyfida saqlanadi. Konvertning yelimlangan joyiga
uchastka komissiyasining ikki nafar a’zosining imzolari qo‘yilib, ular
komissiyaning muhri bilan
tasdiqlanadi.
(57-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 32-moddasi
birinchi qismi
,
54-moddasi
, 58-moddasi
oltinchi qismi
,
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi
to‘g‘risida nizom”ning
8-bobi
.
Dostları ilə paylaş: