O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Takroriy ovoz berish, takroriy saylov



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

11-bob. Takroriy ovoz berish, takroriy saylov
59-modda. Takroriy ovoz berishni o‘tkazish asoslari va tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ikki nafardan ortiq nomzod ishtirok etayotgan
bo‘lsa va agar ulardan hech biri ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilardan yarmidan ko‘pining
ovozini olmagan bo‘lsa, takroriy ovoz berish o‘tkaziladi, unda eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod
ishtirok etadi.
Markaziy saylov komissiyasi takroriy ovoz berish kunini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
saylovi o‘tkazilgan kundan e’tiboran bir oy ichida, lekin saylov o‘tkazilgan kundan kamida o‘n besh
kun keyin o‘tkaziladigan qilib tayinlaydi. Takroriy ovoz berish o‘tkazilishi haqidagi xabar matbuotda
e’lon qilinadi.
Agar Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida saylov okrugi bo‘yicha
ikki nafardan ortiq nomzod qo‘yilgan bo‘lsa-yu, ulardan hech biri saylanmasa, okrug saylov
komissiyasi eng ko‘p ovoz olgan ikki nafar nomzod bo‘yicha okrugda takroriy ovoz berishni
o‘tkazish haqida qaror qabul qiladi va bu haqda tegishli saylov komissiyasini hamda okrug
saylovchilarini xabardor etadi. Takroriy ovoz berish ushbu Kodeks talablariga rioya etilgan holda ikki
haftalik muddatda o‘tkaziladi.
Takroriy ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan
ko‘proq olgan nomzod saylangan deb hisoblanadi.
Takroriy ovoz berishda saylovchilarning ishtirok etishi foizi hisobga olinmaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida
nizom”ning 
9-bobi
.
60-modda. Takroriy saylovni o‘tkazish asoslari va tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi o‘tmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan
taqdirda, shuningdek, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida bitta nomzod ishtirok
etgan bo‘lsa va u zarur miqdorda ovoz to‘play olmagan bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasi takroriy
saylov tayinlaydi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining takroriy saylovi ham ushbu Kodeksda asosiy saylovni
o‘tkazish uchun belgilangan ayni tartibda va ayni shartlarga rioya etgan holda o‘tkaziladi. Bunda
okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyatida saylov to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi
aniqlangan taqdirda, Markaziy saylov komissiyasi saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka saylov
komissiyalari tomonidan o‘tkazilishi zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz berish
asosiy saylovni o‘tkazish uchun tuzilgan o‘sha saylov uchastkalarida va saylovchilarning o‘sha
ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi.


(60-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining takroriy saylovi asosiy saylov o‘tkazilganidan keyin
qirq kun ichida o‘tkaziladi.
Qonunchilik palatasi deputatlarining va mahalliy Kengashlar deputatlarining takroriy saylovi
quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
agar saylov okrugi bo‘yicha saylov o‘tmagan yoxud haqiqiy emas deb topilgan bo‘lsa;
agar takroriy ovoz berish saylangan deputatni aniqlash imkonini bermagan bo‘lsa;
agar saylov okrugi bo‘yicha ko‘pi bilan ikki nomzod qo‘yilgan bo‘lsa va ulardan hech biri
saylanmagan bo‘lsa.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Qonunchilik palatasi deputatlarining va mahalliy Kengashlar deputatlarining takroriy saylovi
tegishli saylov komissiyasining topshirig‘iga binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
Bunda okrug va uchastka saylov komissiyalari faoliyatida saylov to‘g‘risidagi qonunchilik buzilishi
aniqlangan taqdirda, tegishli saylov komissiyasi takroriy saylov yangi tarkibdagi okrug va uchastka
saylov komissiyalari tomonidan o‘tkazilishi zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin. Ovoz
berish asosiy saylovni o‘tkazish uchun tuzilgan o‘sha saylov uchastkalarida va saylovchilarning o‘sha
ro‘yxatlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
(60-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qonunchilik palatasi deputatlarining va mahalliy Kengashlar deputatlarining takroriy saylovi
asosiy saylovdan keyin kechi bilan bir oylik muddat ichida o‘tkaziladi. Saylov komissiyalarini tuzish,
nomzodlarni ro‘yxatga olish va boshqa tadbirlar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida
nizom”ning 
10-bobi
.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin