(10-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-son)
Saylov uchastkalari saylovga
kamida oltmish kun qolganida, qoida tariqasida, saylovchilar
soni kamida yigirma nafardan va ko‘pi bilan uch ming nafardan oshmagan holda tuziladi. Harbiy
qismlarda, O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari
huzurida, shuningdek olis va borish qiyin bo‘lgan hududlardagi fuqarolar turgan joylarda, qamoqda
saqlash va ozodlikdan mahrum etish joylarida saylov
uchastkalari ana shu muddatda, ayrim
hollarda esa saylovga kamida yetti kun qolganida tuziladi.
Saylov uchastkalarining soni okruglar sonidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Okrug saylov komissiyasi saylov uchastkalarining tartib raqamini belgilaydi hamda tegishli
uchastka komissiyasining telefon raqamlarini, joylashgan erini va ovoz berish binosini ko‘rsatgan
holda saylovchilarni har bir uchastkaning chegaralari to‘g‘risida xabardor etishni tashkil qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 22-moddasi
birinchi
,
uchinchi xatboshilari
.
Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bir vaqtda o‘tkazilgan taqdirda,
Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari tomonidan
yagona saylov uchastkalari tuziladi.
Dostları ilə paylaş: