Senat a’zolarining takroriy saylovi Senatga o‘tkazilgan asosiy saylovdan keyin ko‘pi bilan o‘n
besh kunlik muddat ichida o‘tkaziladi.
Saylanmay qolgan miqdordagi Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish
va takroriy saylov
o‘tkazish ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
85-modda. Senat a’zolari saylovining yakunlari
Markaziy saylov komissiyasi qo‘shma majlislarning bayonnomalari asosida bu bayonnomalar
kelib tushgan kundan e’tiboran besh kundan kechiktirmay Senat a’zolarini ro‘yxatga oladi,
ro‘yxatga olishdan keyin o‘n kun ichida esa guvohnoma va ko‘krak nishoni beradi.
Agar
saylov davomida,
ovozlarni sanab chiqish, yashirin ovoz
berish natijalarini aniqlash
chog‘ida ushbu Kodeks talablari saylov natijalariga ta’sir qilgan tarzda buzilishiga yo‘l qo‘yilgan
bo‘lsa, Markaziy saylov komissiyasi Senat a’zolarining saylovini haqiqiy emas deb topishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senati a’zolari sayloviga doir ayrim hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi
qarori
.
Dostları ilə paylaş: