O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi


partiyalar tomonidan belgilanadi.
Ayollarning soni siyosiy partiyadan ko‘rsatilgan mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar
umumiy sonining kamida o‘ttiz foizini tashkil etishi kerak.
Siyosiy partiyalar faqat o‘z partiyasi a’zolarini yoki partiyasizlarni deputatlikka nomzod etib
ko‘rsatadi. Deputatlikka nomzodlar ko‘rsatilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.
92-modda. Mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun taqdim
etiladigan hujjatlar
Siyosiy partiya tegishli organining rahbari mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni
ro‘yxatga olishni iltimos qilib, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga ariza bilan
murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
siyosiy partiya tegishli organining deputatlikka nomzodlar ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori;
siyosiy partiya tegishli organi majlisining mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar
ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomasi, unda deputatlikka nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi,
tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaga mansubligi,
shuningdek saylov okrugining nomi va raqami ko‘rsatiladi;
mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodning o‘z nomzodi tegishli saylov okrugidan
ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi;
ushbu Kodeks 90-moddasining
 uchinchi qismida 
ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning, basharti ular
mahalliy Kengashlar deputatlari etib saylangudek bo‘lsa, egallab turgan lavozimidan bo‘shash


to‘g‘risidagi arizasi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 19-sentabrdagi 937-son
qarori bilan tasdiqlangan “Mansabdor shaxslari deputat etib saylangan taqdirda, egallab turgan
lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza berish sharti bilan Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
kengashlari deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinadigan ijro hokimiyati organlari 
ro‘yxati
”.
Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi hujjatlar
qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi.
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi siyosiy partiyalardan deputatlikka nomzodlarni
ro‘yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro‘yxatga olish muddati tugallanishiga yetti kun
qolganida yakunlaydi.
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni besh kunlik muddat
ichida tekshirib chiqadi va ularning ushbu Kodeks talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.
Viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda
aniqlangan nomuvofiqliklar va ushbu Kodeks talablaridan chetga chiqish hollari to‘g‘risida tegishli
siyosiy partiyalar rahbarlariga ma’lum qiladi. Siyosiy partiya hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqlar va
xatolarni ikki kunlik muddatda tuzatishga hamda ularni tegishli saylov komissiyasiga taqdim
etishga haqli.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin