O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Saylov komissiyalarini moliyalashtirish



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

99-modda. Saylov komissiyalarini moliyalashtirish
Markaziy saylov komissiyasini, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalarini, okrug va uchastka
saylov komissiyalarini saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha moliyalashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori
bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida
nizom”ning 
11-bobi
, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi
to‘g‘risida nizom”ning 
12-bobi
.
Markaziy saylov komissiyasini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetida
alohida satrda nazarda tutiladi.
Saylov komissiyalari ishiga jalb etiladigan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash saylovni
o‘tkazish uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
Oldingi
 tahrirga qarang.
Saylov komissiyalarining a’zolariga saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazishga doir
xarajatlar smetasida ko‘rsatilgan miqdorda transport, ovqatlanish xarajatlarining va boshqa
xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida kompensatsiya to‘lanadi.
Saylov komissiyasining doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan a’zolariga, shu jumladan
pensionerlarga mehnatga haq to‘lashning yagona tarif setkasiga muvofiq ish haqi to‘lanadi.
(99-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 8-fevraldagi O‘RQ-670-sonli 
Qonuniga 
asosan
to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2021-y.,
03/21/670/0089-son)

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin