O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

18-bob. Yakunlovchi qoidalar
101-modda. Saylov komissiyalari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning
murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang.
Saylov komissiyalari saylov kampaniyasini o‘tkazish davrida jismoniy va yuridik shaxslarning
ushbu Kodeks talablari buzilganligi yoki saylovni tashkil etishning boshqa masalalari xususida
o‘ziga kelib tushgan murojaatlarini o‘z vakolatlari doirasida ko‘rib chiqishi, ushbu murojaatlar
bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazishi va uch kunlik muddatda ularga yozma javoblar berishi, saylovga
kamida olti kun qolganida yoki ovoz berish kuni kelib tushgan murojaatlarni esa darhol ko‘rib
chiqib, javob qaytarishi shart, bundan saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan
berilgan shikoyatlar mustasno.
(101-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 31-maydagi O‘RQ-691-sonli 
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son)
Murojaatlar qaydlov daftarida ro‘yxatga olinishi lozim.
Saylov komissiyasining raisi murojaatni ko‘rib chiqish va unga doir qaror qabul qilish uchun
tegishli komissiyani ushbu Kodeksda belgilangan muddatlarda chaqiradi va uning majlisini
o‘tkazadi. Majlisga manfaatdor shaxslar taklif etilishi mumkin.
Qo‘yilgan masalalarni hal etish o‘z vakolatiga kirmaydigan uchastka saylov komissiyasiga kelib
tushgan murojaat uch kunlik muddatda tegishli organlarga murojaat yuborgan shaxs bu haqda
xabardor qilingan holda yuboriladi.
Murojaatni ko‘rib chiqqan saylov komissiyalari a’zolari uni ko‘rib chiqish natijalari va qabul
qilingan qaror to‘g‘risida murojaat yuborgan shaxsni xabardor qilishi shart.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi
(yangi tahriri) 
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son
qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari
viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi
to‘g‘risida nizom”ning 
12-bobi
, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq


deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining
faoliyati tartibi to‘g‘risida nizom”ning 
13-bobi
.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin