103-modda. Saylov to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
(103-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Saylov to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar
bo‘ladi.
(103-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Saylov kuni va ovoz berish boshlanishidan bir kun oldin jamoatchilik fikri so‘rovlari natijalarini,
saylov natijalari prognozlarini, o‘tkazilayotgan saylov bilan bog‘liq boshqa tadqiqotlarni e’lon qilish
(hammaga ma’lum qilish), shu jumladan axborot tarmoqlariga, shuningdek Internet jahon axborot
tarmog‘iga joylashtirish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
51 — 51 -moddalari
,
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining
146-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov
komissiyasining 2019-yil 11-sentabrdagi 934-son qarori bilan tasdiqlangan “Saylov komissiyalari va
referendum o‘tkazuvchi komissiyalar tomonidan saylov va referendumni tashkil etish hamda o‘tkazish
sohasidagi huquqbuzarliklarga oid ishlarni rasmiylashtirish bo‘yicha
yo‘riqnoma
”, O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasining 2019-yil 23-iyuldagi 924-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
kengashlariga saylov o‘tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida nizom”ning
13-
bobi
, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, xalq deputatlari viloyat, tuman va
shahar Kengashlariga saylov o‘tkazuvchi uchastka saylov komissiyalarining faoliyati tartibi to‘g‘risida
nizom”ning
14-bobi
.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son; 09.02.2021-y., 03/21/670/0089-
son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 31.05.2021-y., 03/21/691/0508-son,
03.03.2022-y., 03/22/756/0180-son, 16.06.2022-y., 03/22/779/0528-son)
1
1
2
9
Dostları ilə paylaş: |