O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar


-modda. Markaziy saylov komissiyasiga a’zolik



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi

13-modda. Markaziy saylov komissiyasiga a’zolik
Yigirma besh yoshga to‘lgan, qoida tariqasida, oliy ma’lumotga, saylovlarni tashkil etish va
o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, jamoatchilik o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan hamda
kamida oxirgi besh yil O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashab turgan fuqaro Markaziy
saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin.
Og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoxud
sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy
xizmatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining, boshqa harbiylashtirilgan
bo‘linmalarning xodimlari, diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari Markaziy
saylov komissiyasining a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksining 15-moddasining 
to‘rtinchi

beshinchi
qismlari

77-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat
to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasi uchinchi qismi 
uchinchi xatboshi
, O‘zbekiston Respublikasining
“O‘zbekiston Respublikasi davlat xavfsizlik xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 
7-bobi
.
Markaziy saylov komissiyasining a’zosi boshqa saylov komissiyasining yoki siyosiy partiyaning
a’zosi bo‘lishi mumkin emas.
Markaziy saylov komissiyasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod etib,
Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod etib, Senat a’zoligiga nomzod etib, ishonchli vakil etib
ro‘yxatga olingan a’zosi komissiya tarkibidan chiqib ketgan deb hisoblanadi.
Markaziy saylov komissiyasi a’zosining vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalari tomonidan bevosita yoki uni a’zolikka tavsiya etgan organning taqdimnomasiga binoan
quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:


u o‘z vakolatlarini zimmasidan soqit qilish to‘g‘risida yozma ariza berganda;
u sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 
30-moddasi
.
unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 
463-moddasi
.
u o‘z vazifalarini muntazam ravishda bajarmay kelganda;
qonunga ko‘ra u Markaziy saylov komissiyasi a’zosining vakolatlarini amalga oshirish bilan bir
vaqtda shug‘ullanib bo‘lmaydigan lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: mazkur moddaning
 sakkizinchi qismi
.
u sudning qonuniy kuchga kirgan qarori asosida bedarak yo‘qolgan deb topilganda yoki
vafot etgan deb e’lon qilinganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 
33-moddasi
.
u O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganda;
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi
Qonunining 
25-moddasi
.
u vafot etganda.
Markaziy saylov komissiyasining yangi a’zosi ushbu Kodeksda belgilangan tartibda saylanadi.
Markaziy saylov komissiyasining a’zosi ushbu komissiyaning qaroriga binoan komissiyada
doimiy asosda ishlashi mumkin. Markaziy saylov komissiyasida doimiy asosda ishlovchi komissiya
a’zolarining soni ko‘pi bilan yetti kishidan iborat bo‘ladi.
Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zolari ilmiy va pedagogik
faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanishi mumkin emas.
Markaziy saylov komissiyasi a’zolariga Qonunchilik palatasi deputatlariga, Senat a’zolariga
nisbatan qo‘llaniladigan daxlsizlik to‘g‘risidagi qoidalar tatbiq etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 117-moddasi 
to‘qqizinchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy Qonunining
6-moddasi 
uchinchi qismi
, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy Qonunining 6-moddasi 
to‘rtinchi qismi
, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi markaziy saylov komissiyasi
faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4004-son qarori 3-bandi 
“b”
kichik bandi

4

5

7-bandlari
.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin