45. Maktabda mavjud bo‘lmagan mutaxassislar shartnoma asosida Kengash ishiga jalb
qilinishi mumkin.
46. O‘quvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini
bosuvchi shaxslar Kengash
yig‘ilishlarida ishtirok etishlari mumkin.
47. Kengash o‘quvchilarning o‘zlashtirishi, o‘quv dasturlarini bajarishi, sog‘lig‘i hamda
psixologik holati bo‘yicha o‘quv yilining har choragida kamida bir marotaba yig‘ilish o‘tkazadi.
48. Kengash o‘quvchilarning o‘zlashtirishi, o‘quv dasturlarini bajarishi, sog‘lig‘i hamda
psixologik holatidan kelib chiqib o‘quvchini inklyuziv ta’lim sinfi yoki boshlang‘ich korreksion
sinfning o‘quvchilar safidan chiqarish yuzasidan psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyaga taklif
kiritadi.
8-bob. Moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash
49. Maktab inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflardagi
o‘quvchilar uchun mashg‘ulotlar,
dam olish, jismoniy tarbiya va sog‘lomlashtirish hamda
korreksion-rivojlantiruvchi ishlar olib borilishiga mo‘ljallangan sharoitlarni ta’minlaydi.
50. Inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni komplektlash
hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi,
viloyatlar moliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda har yili 20-avgustgacha amalga oshiriladi.
51. Inklyuziv ta’lim sinflari xamda boshlang‘ich tayanch
korreksion sinflarning
o‘quvchilarini ta’minlash va o‘qitish qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat ta’minoti asosida
amalga oshiriladi.
52. Inklyuziv ta’lim sinflari va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarni moliyalashtirish
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va tasdiqlangan
xarajatlar smetasiga muvofiq,
shuningdek, jamoatchilik, hayriya va xalqaro tashkilotlarning hayriya mablag‘lari va qonun bilan
taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
53. Inklyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har
oyda to‘lanadigan ustama haqi sinfda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bir nafar bola uchun
lavozim maoshining 10 foizi, ikki nafar bola uchun lavozim maoshining 20 foizi, uch nafar bola
uchun lavozim maoshining 30 foizi miqdorida, ikki va undan ortiq inklyuziv ta’lim sinflarida to‘rt
nafar va undan ortiq bola uchun ta’lim-tarbiya ishlarini olib borgan o‘qituvchilar va maxsus
pedagoglarga lavozim maoshining 40 foizi miqdorida belgilanadi.
Boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar o‘qituvchilari
va maxsus pedogoglarga
mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi lavozim maoshining 50
foizi miqdorida to‘lanadi.
54. Inklyuziv ta’lim sinflari sinf rahbariga sinf rahbarligi uchun to‘liq hajmda qo‘shimcha
mablag‘ ajratiladi va u direktor jamg‘armasidan rag‘batlantiriladi.
Dostları ilə paylaş: