2.4. -g‘u affiksli forma
28
Н. Ф. Катанов. Опыт исследования урянхайского языка с указанием главнейших родственных отношений его к другим
языкам тюркского корня, Казань, 1903, стр. 610.
54
Kelasi zamon fe’lining -g‘u affiksli formasi eski o‘zbek tili uchun xarakterli
bo‘lib, hozirgi o‘zbek tilida bu formaning qo‘llanishi ancha chegaralangan va
asosan she’riy asarlarda uchraydi.
Kelasi zamon fe’lining -g‘u affiksli formasi qadimgi uyg‘ur tiliga oid
manbalarda ham iste’molda bo‘lgan, o‘rxun-enisey tekstlarida uchramaydi, o‘guz
va qipchoq gruppasidagi turkiy tillarga oid yozma yodgorliklarda qo‘llangani ham
qayd qilinmagan. O‘guz gruppasidagi tillarning ko‘pchiligida bu forma hozir ham
qo‘llanmaydi. Yozma manbalardan ma’lum bo‘lishicha, -g‘u affiksli forma tarixan
qorluq gruppasidagi turkiy tillar uchun xos bo‘lgan. Bu fikrni Mahmud
Qoshg‘ariyning ma’lumoti ham tasdiqlaydi. Uning ko‘rsatishicha, XI asrda -g‘u
affiksli forma chigil, yag‘mo, tuxsi, arg‘u, uygur va boshqa ayrim turklar tilida
qo‘llangan bo‘lib, o‘g‘iz, qipchoq, bajanak, bulg‘orlar tilida bu forma o‘rnida -
asы/-әsi affiksli forma qo‘llangan.
Eski o‘zbek tilida kelasi zamon fe’lini yasovchi -g‘u affiksi jarangli [g‘], [g]
undoshlari bilan boshlanuvchi –g‘y/-gү va jarangsiz [q], [k] undoshlari bilan
boshlanuvchi -qu/-kү variantlarida qo‘llangan. Bulardan qaysi birining ishlatilishi
shu affiksni qabul qilgan fe’l o‘zagining qattiq yoki yumshoqligiga, shuningdek,
fe’l oxiridagi undosh tovushning jarangli yoki jarangsiz bo‘lishiga bogliq bo‘lgan.
Masalan: al + g‘u, bil +gү, qorq + qu, tuq + qu ( < t u g‘ + q u , ) yet + k ү , tek +
k ү (k ү ), bashla + g‘u ishlә + g u .
-g‘u affiksining etimologiyasi aniqlangan emas. Ba’zi tadqiqotchilar bu
affiksni etimologik jihatdan bilge tipidagi sifatdoshni yasovchi -g‘a(-gә) affiksi
bilan birlashtiradilar, to‘g‘rirog‘i, ular -g‘a affiksi -g‘u affiksidan kelib chiqqan,
degan fikrni aytadilar.
Mavjud faktlarning ko‘rsatishicha, -g‘u va -g‘a affikslari etimologik jihatdan
haqiqatan ham bir-birlari bilan o‘zaro bog‘liqdir. Lekin bular biri ikkinchisidan
emas, balki bir manba asosida parallel ravishda rivojlangan affikslardir. Gap
shundaki, bilgә tipidagi sifatdosh formasini yasovchi -g‘a murakkab affiks bo‘lib,
ikki mustaqil affiksning birikuvidan tashkil topgan (-g‘ + a), ya’ni -g‘(-g) affiksi
55
bilan yasalgan bilig ( -
a(-ә) qo‘shilishi bilan bilgә (Bilgү tipidagi sifatdosh formasini yasovchi -g‘u affiksi ham shu xilda murakkab
affiks bo‘lgan (-g‘+u), ya’ni -g‘(-g) affiksli bilig (-u(-
ү) qo‘shilishi bilan bilgү (Mana shu jihatdan -g‘u va va -g‘a affikslari o‘zaro birlashadilar. Lekin bular
ma’no va funktsiyasi jihatdan farqlanadilar. Bilgә tipidagi forma ish-harakatning
bajaruvchisini yoki uning harakati, holati va boshqa xususiyatlari bilan bog‘liq
bo‘lgan belgisini ko‘rsatuvchi sifatdosh vazifasini bajargan. Ya’ni bu sifatdosh
shaxsga nisbatan qo‘llangan (masalan: bilgә — «olim, bilag‘on, oqil, aqlli, dono»
ma’nosida, bilgә beg — «ilmli, aqlli, donishmand beg» ma’nosida). Bilgү tipidagi
sifatdosh esa predmet yoki voqea-hodisalarning funktsiyasi, xususiyati kabi
belgilarini ko‘rsatgan. Ya’ni bu sifatdosh predmet va voqea-hodisalarga nisbatan
qo‘llangan (masalan, kesgu nәң — «kesadigan narsa», yegү nәң — «eyiladigan
narsa»).
29
Shu asosda keyinchalik chalg‘u, chopqi (supurgi (gү) kabi predmet nomlari, achit- qi (kuydirgi (tomizg‘i (kulgi (+ + gu), sevgi (sezgi (holatni ifodalovchi nomlar hosil bo‘lgan. Ikkinchi tomondan, -g‘u affiksli sifatdosh
predikativ funktsiyada ham qo‘llana boshlagan va aniq (yoki qat’iy) kelasi zamon
fe’li vazifasini bajargan.
Demak, hozirgi til nuqtayi nazaridan tarkibiy qismlarga ajralmaydigan bir
butun affiks sifatida tasavvur qilinuvchi -g‘u ham -g‘a affiksi kabi tarixan ikki
mustakil affiksning birikuvidan tashkil topgan murakkab affiks bo‘lgan.
Eski o‘zbek tilida -g‘u affiksli kelasi zamon fe’lining shaxs-son formalari
shaxs-son formalari -m, -ң, -sы/-si, -mыz/-miz, -ңыz/-ңiz, -larы/-lәri affikslari
yordamida yasalgan: Hech ranj zahir olmay men xud өlgүm eytabib (Nav. G‘S,
29
- ғ а ( - г ә )
аффиксли билгә ва
Dostları ilə paylaş: |