Ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika


III BOB. FE’L ZAMONLARINING MAKTAB DARSLIKLARIDA



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/28
tarix16.04.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#125433
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
III BOB. FE’L ZAMONLARINING MAKTAB DARSLIKLARIDA 
O’QITILISHI 
Umumta’lim maktablarida 6- sinf ona tili o’quv dasturida «O‘tgan zamon 
shakllari» mavzusi 2 soat berilgan. Biz dars ishlanmaga mavzu qilib aynan shu 
mavzuni oldik. 
Mavzu: O‘tgan zamon shakllari. 
Dars maqsadi: 1. Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga o‘tgan zamon shakllari 
haqida ma’lumotlar berish. 
2. Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarga milliy qadriyatlarimizga hurmat 
hissini singdirish, ularda insonparvarlik fazilatlarini shakllantirish. 
3. Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarni mustaqil va mantiqiy fikrlay 
olishga o‘rgatish, ravon va ifodali o‘qish malakasini oshirish. 
Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, slayd, kitoblar va materiallar. 
Dars metodlari: ,, Tezkor savol-javob”, ,,Mosini tanlang”, ,,Qarorlar 
shajarasi”. 


60 
Dars shiori: ,, Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, 
Shundan bilursanki, ilm bepayon”. 
Dars rejasi
1.Tashkiliy qism – 5 daqiqa 
2.O‘tilgan mavzuni takrorlash – 10 daqiqa 
3.Yangi mavzu bayoni – 8 daqiqa 
4.Mustahkamlash – 15 daqiqa 
5.Dars baholanishi va uyga vazifa – 7 daqiqa 
Darsning borishi: 
I. 
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashiladi. Davomat va 
o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Sinf ozodaligi qaraladi.
Darsning maqsad va vazifalari o‘quvchilarga tanishtiriladi. Sinf 3 guruhga 
ajratiladi. 
II. 
O‘tilgan mavzuni takrorlash: O‘tgan darsda fe’llarning zamon 
shakllari mavzusi o‘tilgan. O‘tilgan mavzu ,,Tezkor savol-javob” usuli yordamida 
so‘raladi va uyga vazifa og‘zaki usulda o‘qib tekshiriladi. Savollar kichik 
kartochkalarga yozilgan, ularni har bitta guruhlarga tarqatiladi.Savollar: 
1.Fe’l deb nimaga aytiladi? 
2.Fe’l qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? 
3.Fe’lning munosabat shakllariga nimalar kiradi? 
4.Fe’llarda nechta zamon mavjud? 
5.O‘tgan zamon haqida nimalarni bilasiz? 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin