Bozor etakchisi (lideri) – bu maksimal bozor ulushiga (hissiga) ega bo‘lgan
yoki bozordagi biznesning strategik muhim yunalishlarida etakchi pozitsiyani
egallagan korxonadir. Bu,eng past xarajatlar va uzoq muddatli eng yuqori foyda olish
hisobiga ta’minlanadi. Bu esa, korxonaning tovar va xizmatlari narxlarini maksimal
ravishda pasaytirishiga olib keladi, shuningdek , iste’molchilarini hurmatiga sazovor
bo‘lishiga erishadi (ijobiy imidj shakllanadi).
Bozor – bu marketingda u yoki bu tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabni
ko‘rsatuvchi xaridorlar (iste’molchilar)ning guruhi tushuniladi. Bozor quyidagilarga
bo‘linadi: tovar bozorlari B2C va B2B, xizmatlar bozori, hududlar, mamlakatlar va
boshqa bozorlar.
Bozor segmenti– bu korxona (firma) tomonidan taklif etilayotgan tovarlarga
yoki marketing chora-tadbirlariga bir hil turdagi reaksiya (ta’sirlanish) bilan
xarakterlanadigan iste’molchilar yig‘indisidir. Muvaffaqiyatli segmentatsiya natijasida
aniqlanadigan bozor segmentlari quyidagicha bo‘lishi kerak: 1) aniq, ya’ni ehtiyojning
va talab tavsifnomasining aniq to‘plamiga ega bo‘lmoq, shuningdek, marketing chora-
tadbirlariga o‘xshash tarzda o‘z munosabatini bildirmoq: 2) ushbu segmentning
marketing chora-tadbirlariga bo‘lgan xarajatlarni oqlash uchun, mazkur segment katta
hajmda bo‘lishi kerak; 3) samarali marketing faoliyatidan engil foydalanish; 4) son
jihatidan o‘lchovli bo‘lishi; 5) uzoq vaqt davomida foydalanilishi kerak.
Bozor segmentatsiyasi– deganda bozorni aniq xaridorlar guruhiga bo‘lish
tushuniladi.
Bozorlar xaridorlar yig‘indisidan tashkil topadi, xaridorlar esa bir-biridan turli
xil parametrlari bilan farq qiladi. Ularning ehtiyojlari, daromadlari, geografik holatlari,
xulq-atvorlari, demografik holatlari va psixografik prinsiplari har xil bo‘ladi.
Bu keltirilgan ko‘rsatkichlarning har biri bozorni segmentlash asosi sifatida
ishlatiladi.