Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə131/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   146
marketing

Bozor narxi – bu aniq bozorda, ma’lum bir vaqt oralig‘ida biror tovarni sotishni 
amalga oshirishning o‘rtacha narxidir. 
Bozor hissasi – korxona mahsulotining umumiy sotuv hajmining aynan shu 
bozorda harakat qilayotgan boshqa barcha korxonalarning xuddi shunday (aynan bir 


231 
xil) mahsulotlari umumiy sotuv hajmi yig‘indisiga nisbati bilan o‘lchanadi. Bozor 
hissasi korxonani bozorda olib borayotgan raqobat kurashiga baho berishda asosiy 
ko‘rsatkich hisoblanadi. Korxonaning bozordagi hissasi o‘sib borgani sari, uning 
raqobat kurashidagi mavqei ham ortib boradi.
Bozor sig‘imi - bu ma’lum bir vaqt davomida tovar taklifining, shu paytdagi 
hajmi va tarkibi, shuningdek, narxlar darajasiga bog‘liq bo‘lgan talabning miqdoridir. 
U natural va kiymat ko‘rinishida ifoda etiladi. 
Bozor infrastrukturasi - bu bozor jarayonlarini ta’minlovchi va kuzatuvchilari 
bo‘lgan ulgurji hamda chakana savdo korxonalarining barcha ta’minotchilari, birjalar, 
brokerlik kompaniyalari, moliyaviy va nazorat institutlari, tadqiqot va boshqa 
tashkilotlardir. 
Bozor bo‘shlig‘i – bu bozorning kichik segmentlari bo‘lib, ularda ayrim korxonalar 
faoliyat yuritmoqdalar yoki boshqa raqobatchi korxonalar u joyni payqamaydilar yoki u joyni 
o‘zlari uchun foydali deb hisoblamaydilar. Bu joy mohiyatan segment ichidagi segmentdir. 
Bozor bo‘shlig‘i kam doiradagi mijozlarni o‘ziga xos ehtiyojlarini samarali qondirish 
hisobiga foydali bo‘lishi mumkin. Bitta bo‘shlig‘dagi xavf-xatarni kamaytirish maqsadida, 
korxonalar kuchli raqobatchilarga qiziqarli bo‘lmagan, o‘sish potensialiga ega bo‘lgan bir 
qancha bo‘shliqlarni topishga xarakat qiladilar. 
Bozorni pozitsiyalash – bu maqsadli bozorlarni tanlash bo‘yicha marketing 
faoliyatining yo‘nalishi bo‘lib, u orqali marketing kompleksining barcha elementlari 
tahlil qilinib, alohida ajratib olingan bozor segmentlarida mahsulotning shunday 
parametrlari aniqlanadiki, ular orqali bozorda raqobatbardoshlik holatiga erishiladi.
Brend - bu iste’molchilarga bir kompaniyaning tovarlari va xizmatlarini ajratib 
turish uchun yordam beradigan belgi, simvol (logotip), so‘z va ularning birikmalaridir. 
Brend - bu iste’molchilarni ongi va psixologiyasida joy olib, keng tanilgan savdo 
markasi yoki kompaniya (korxona) sifatida qabul kilinadi. 
Brending - bu brendni ishlab chiqish va yaratishni, uni hayotga tatbiq etish 
hamda hayotiy davrini boshqarish komponetlarini o‘z ichiga olgan murakkab 
boshqaruv kompleksidir. Brending - bu uzoq muddatli jarayon va yuqori tovar sifati 
ko‘rsatgichlariga erishishning yo‘li bo‘lib, brend hayotiy davrining barchasida faol 


232 
marketingni qo‘llab-quvvatlashi natijasida iste’molchilar faol ishtirok etib, aniq bir 
brendni muhlisiga aylanishidir. Reyting yoki tanlov natijalariga ko‘ra, oddiy savdo 
markasi nomli tovarni brend deb qabul qilish kerak emas. Brend yaratiladi, esda qoladi 
va eng avvalo maqsadli xaridorlar tomonidan, uni afzal (yaxshi, durust) deb ko‘rishdir. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin