Brend chuqurligi - bu maxsus tadqiqotlar natijasida aniqlanadigan,
iste’molchilarni ma’lum bir brendga bo‘lgan sodiqlik (muhlislik, ishqibozlik)
darajasidir.
Brend aktivlari - bu brendni qiymat ko‘rinishidagi ifodalash qobilyati
(kompaniyani nomoddiy aktivi ko‘rinishida). U orqali qo‘shimcha foyda olinadi.
Brif - bu marketing tadqiqotini o‘tkazish uchun topshiriqdir. U o‘z ichiga
quyidagilarni oladi:
1) bozorni o‘rganilganlik darajasi xaqida ma’lumot;
2) tadqiqot bo‘yicha qo‘yilgan muammolar, maqsadlar va vazifalar haqida
malu’motlar;
3) axborotlarni to‘plashni va qayta ishlashni aniq uslublarini ta’riflash;
4) ma’lumotlarni to‘g‘riligi va ishonchliligiga qo‘yiladigan talablar;
5) tadqiqotlarni olib borish muddatlari va byudjeti;
6) olib borilgan tadqiqot hisobotining shakli.
Broker - bu tovarga (xizmatga) bo‘lgan mulk huquqini sotib olmay, uning
asosiy faoliyati sotuvchilar va xaridorlar o‘rtasida mazkur tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha
bo‘ladigan aloqalarni ta’minlashdan va shuningdek, ularga bozor haqidagi axborotlarni
etkazib berishdan iborat bo‘lgan vositachidir.
Brokerlarning
birjalardagi
faoliyatiga
sotuvchining
yoki
xaridorning
topshirig‘iga asosan tuziladigan bitimlar kiradi.
Virusli reklama- bu shunday reklama strategiyalarini ishlab chiqishi, ular
orqali reklama axborotini iste’molchilar bir-birlariga etkazishini rag‘batlantiradi.
Axborotni, ular reklama tariqasida emas, balki ko‘ngil ochish, o‘yin-kulgu va
xursandchilik sifatida qabul qiladilar. Quyidagilar virusli reklama bo‘lishi mumkin:
- ajoyib sayt;
- ig‘voli maqola;
233
- flesh-o‘yin;
- ko‘p foydalaniladigan o‘yin;
- onlayn-servis;
- multfilm;
- videorolik;
- mish-mishlar, janjallar (ya’ni, do‘stlar va tanishlarga so‘zlab beriladigan har
xil gaplar).