Marketing qarori - 1) iste’molchilarning tovar va xizmatlarga talabini barqaror
shakllantirish, rivojlantirish va qondirish uchun zarur bo‘lgan marketing tadbiri yoki
tadbirlari majmui variantlar ichidagi tanlash, javob; 2) firma, tovar va xizmatlarning
raqobatchilik ustunligini saqlab qolish yoki yaxshilash uchun marketing tizimi sub’ekt
va ob’ektlariga maqsadli yo‘naltirilgan ta’sir ko‘rsatish.
Marketing qarori qabul qilishning samaradorligi - 1) marketing vazifasini
bajarishning ko‘rib chiqilayotgan (kutilayotgan) ko‘plab variantlari orasidan tanlab
olishda iqtisodiy tavakkalchilik narxining natijasi, foydalilik ko‘rsatkichi; 2) marketing
vazifasini bajarishning tanlab olingan variantining iqtisodiy samara keltirish qobiliyati.
Marketing majmuasi (marketing - miks) - marketing retsepti, undan
foydalanish korxonaga maqsadli bozorlar ehtiyojlarini qondirish va atrof-muhitdagi
o‘zgarishlarga moslashishda eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishishga imkon beradi. Eng
sodda marketing retsepti tovar, narx, savdo va kommunikasiya siyosati sohasida
(4R:Product, Price, Place, Promotion) muvofiqlashtirilgan chora-tadbirlar o‘tkazishni
talab qiladi.
Marketing modellari - 1) foyda olish yoki uni ustirish maqsadida tovar va
xizmatlarga talabni yaratish va takror ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zaro aloqalar
jarayonida marketing tizimi sub’ektlari xulq-atvorini ko‘rsatish, sifat va sonlar
jihatidan aks ettirish shakli; 2) marketing tizimini loyihalashtirish, rejalashtirish,
tashkil etish, faoliyat ko‘rsatish va rivojlanishda marketing muhiti va sub’ektlarining
funksional, sabab-oqibat va resurs aloqalarini ifodalovchi va aks ettiruvchi (imitatsiya,
regressiya, korrelyasiya va h.k.) modellar majmui; 3) marketing-miks yoki uning
tarkibiy qismlari modellari (tovar siyosati modeli, narx hosil bo‘lish modeli, reklama
modeli va h.k.).