237
munosabatlarga va bitimda ishtirok etuvchi tomonlar maqsadlarini qondirishga
yo‘naltirilgan konsepsiya; 2) bajarish mas’uliyatini taqsimlash va kengaytirish
tamoyillari bo‘yicha marketingni tashkil etish usuli.
Marketing salohiyati (potensiali) - 1) korxona salohiyatining ajralmas qismi;
2) tovar, narx kommunikasiya va savdo siyosati, talabni o‘rganish sohasida samarali
marketing tadbirlarini rejalashtirish va o‘tkazish hisobiga marketing tizimining
korxonaning doimiy raqobatbardoshligi, tovar va xizmatlarning bozordagi iqtisodiy va
ijtimoiy kon’yunkturasini ta’minlash qobiliyatlari majmui.
Marketing tadqiqoti dizayni - 1) marketing tadqiqoti jarayoni va modelini
loyihalashtirish va tuzish; tadqiqotni o‘tkazish, marketing axborotlarini izlab topish
uchun ratsional rejalarni ishlab chiqish 2) marketing tadqiqoti sub’ektlari xulq-
atvorining o‘zgarish holatlarini o‘rganish va prognoz qilish bo‘yicha ijodiy jarayon.
Marketing tizimi - bozor muhitining mustaqil, foyda olish maqsadida tovar va
xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro uzluksiz aloqada
bo‘luvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar majmui. Marketing tizimi o‘z ichiga
quyidagilarni kiritadi; ishlab chiqaruvchi firma, ta’minotchi firma, raqobatchi firma
vositachi firma, iste’molchi (bozor).
Marketing tizimini axborot bilan ta’minlash - 1) marketing hujjatlarini
rasmiylashtirish usullari va vositalari majmuasi, marketing tizimining holati va xulq-
atvori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni izlab topish, kodlashtirish va saqlashni tashkil etish;
2) marketing tizimining normal faoliyat ko‘rsatishini ta’minlovchi quyitizimlardan biri
(tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy, texnik, dasturiy, matematik ta’minot va boshqalar); 3)
marketing axborotlari manbai, uning asosida korxona menejmenti turli xil boshqaruv
qarorlarini qabul qiladi; 4) ma’lumotlarni olish, ishlov berish, tizimlashtirish va ularni
«iste’mol uchun tayyor» axborotga aylantirish.
Dostları ilə paylaş: