Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


Marketing tizimining samaradorligi



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   146
marketing

Marketing tizimining samaradorligi - 1) marketing tizimining marketing 
xarajatlari belgilab qo‘yilgan holda tovar va xizmatlarga talabni takror ishlab 
chiqarishni to‘xtovsiz shakllantirish jarayonini ta’minlash qobiliyati ko‘rsatkichi; 2) 
marketing tizimi faoliyatining sifat ko‘rsatkichi; 3) marketing tizimi sub’ektlarining 


238 
resurslar ayirboshlash jarayonida o‘zaro aloqalari natijaviyligining kompleks 
ko‘rsatkichi. 
Marketing faoliyati - 1) tadbirkorlik sohasida bajariladigan ishlar va vazifalar 
turi; 2) talabni shakllantirish va takror ishlab chiqarish, firmaning foyda olishini 
ta’minlash maqsadida amalga oshiriluvchi marketing funksiyalari (marketing 
tadqiqotlari, savdo, narxning hosil bo‘lishi, tovarni etkazib berish, marketing 
razvedkasi, benchmarketing va h.k.) bilan bog‘liq faoliyat; 3) bozor iqtisodiyotida 
takror ishlab chiqarish zanjirining barcha bo‘g‘inlarida marketing vositalari va 
falsafasini qo‘llash jarayonini qamrab oluvchi hamda tovar yoki xizmat talabni 
qondirish va foyda keltirish uchun nimani, qaerda, qancha va qanday qilib ishlab 
chiqarish lozim degan savollarga javob berishga imkon beruvchi har kandan faoliyat. 
Marketing faoliyatining iqtisodiy samaradorligi - 1) marketing faoliyatining 
oraliq va yakuniy maqsadlarini amalga oshirishga javob beruvchi nisbatan ko‘p turli 
(marketing jarayonining barcha bosqichlari bo‘yicha) natija; 2) marketing faoliyatini 
amalga oshirish samarasining (natijasi) bu jarayonda sarflanuvchi barcha xarajatlarga 
nisbati; 3) marketing faoliyati bilan bog‘liq xarajatlar qaytimi, natural yoki qiymat 
(narx) shaklida aks ettirilgan natija va samaraning marketing faoliyatini tashkil tatbiq 
amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan barcha (moddiy-texnik mehnat va hokazo) 
resurslarga nisbati yordamida baholanadi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin