Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146
marketing

O‘rov (upakovka) - 1) tovar solinuvchi, joylashtiriluvchi idish, material. Tovar 
ishlab chiqarilgandan so‘ng uning xususiyatlarini saqlash hamda yukni tashishda 
qulaylik yaratish uchun mo‘ljallanadi; 2) muhim reklama manbai. 
Press-reliz - gazeta va jurnallar, tele va radio redaksiyalari ularni qiziqtirayotgan 
ma’lumotlarni olishi mumkin bo‘lgan byullenten, pablik rileyshnz vositasi. 
Prognozlash (prognoz qilish) usuli - o‘rganilayotgan ob’ektning utmishdagi va 
hozirgi ma’lumotlarini tahlil qilishga asoslangan ilmiy asoslangan oldindan ko‘ra 
bilish. Turli xil tarkibiy qismlarni prognozlashga asoslangan qisqa muddatli (1,5) 
yilgacha, o‘rta muddatli (5 yil) va uzoq muddatli (10-15 yil) prognozlar mavjud. 
Taqdim etish shakliga ko‘ra, miqdoriy va sifat prognozlariga, tadqiqot ob’ektlarini 
qamrab olish bo‘yicha umumiy va qisman prognozlashga taqsimlanadi. 
Raqobat - 1) alohida shaxslar o‘rtasida har biri o‘zi uchun shaxsan erishini 
maqsad qilgan bitta yo‘nalishdagi, xususan tadbirkorlar o‘rtasida kattaroq foyda olish, 
savdo bozori, xomashyo manbalari uchun kurash; 2) moddiy va ma’naviy ne’matlar 
yaratish, sotish va iste’mol qilish jarayonida bozor tizimi sub’ektlarining 


241 
kommunikasiyasi, kurashi, o‘zaro aloqalari iqtisodiy jarayoni; 3) bozor 
munosabatlarining tartibga soluvchisi. 
Reklama -1) g‘oya, tovar va xizmatlarni ma’lum homiy nomidan taqdim tatbiq 
taklif qilishning shaxsiy bo‘lmagan pulli shakli; 2) tovar va xizmatlar sifatini 
xaridorlarning talab va ehtiyojlari tiliga o‘girishga intiluvchi kommunikasiya shakli. 
Reklama auditoriyasi - muayyan axborot manbalari orqali e’lon qilingan 
reklama xabarlarini eshitishi, ko‘rishi va o‘qishi mumkin bo‘lgan barcha shaxslar. 
Reklama samaradorligi - reklama vositalarining ishlab chiqaruvchi yoki 
vositachilari manfaatlari yo‘lida iste’molchilarga ta’sir ko‘rsatish darajasi. Reklama 
murojaatidan oldin va keyin aniqlanadi. Reklamaning savdo natijalariga ko‘rsatuvchi 
ta’sirini aniqlash (iqtisodiy samaradorlik) reklama xarajatlarini avvalgi faoliyat 
natijalari bo‘yicha tovar sotish hajmiga nisbati yordamida aniqlanadi. Bu usulning 
aniqligi yuqori emas, chunki savdo natijalariga reklamadan tashqari boshqa ko‘plab 
omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin