Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146
marketing

Servis (xizmat ko‘rsatish) - korxona marketing faoliyatining mashinalar
asbob-uskunalar va transport vositalarini sotish va ekspluatatsiya qilishni ta’minlovchi 
bo‘limi, quyi tizimi. 
Sifat - tovarning muayyan iste’molchilar ehtiyojini qondirish qobiliyatini 
belgilab beruvchi, qo‘yilgan talablarga mos keluvchi xususiyatlari majmui. Oldi-sotdi 
shartnomalarida tomonlar sifat ko‘rsatkichlari, uni tekshirish tartibi, tovar sifatining 
belgilangan talablarga mos kelishini tasdiklovchi hujjatlarni taqdim etish tartibi 
kelishib olinadi, zarur hollarda tovarni sifati bo‘yicha qabul qilish va topshirish 
shartlari, shuningdek tovar sifati yoki uni saqlash muddati bo‘yicha kafolatlar belgilab 
qo‘yiladi.
Strategik marketing - 1) asosiy iste’molchilar guruhlari talab va ehtiyojlarini 
muntazam, tizimli tahlil qilish, shuningdek, kompaniyaga xaridorlarning tanlab 
olingan guruhlariga raqobatchilarga qaraganda yaxshiroq xizmat ko‘rsatish va shu 
tariqa raqobatchilik ustunligiga ega bo‘lish imkonini beruvchi tovar va xizmatlar 
konsepsiyasini ishlab chiqish; 2) tashkilotlar va jismoniy shaxslar ehtiyojlarini tahlil 
qilish; 3) firmaning maqsadlarini belgilab olish, rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish 


242 
va muvozanatlangan tovar portfeli tuzilmasini ta’minlash; 4) strategik majmua-miks 
hamda muntazam o‘zgarib turuvchi marketing muhiti omillarini hisobga olgan holda 
firmaning tovar, narx, kommunikasiya, taqsimlash va sotish sohasidagi strategik 
siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish jarayoni. 
Strategik rejalashtirish - firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi 
potensial imkoniyatlari o‘rtasidagi strategik muvozanatni yaratish va qo‘llab-
quvvatlashni boshqarish jarayoni. U firmaning aniq shakllantirilgan dasturi
qo‘shimcha vazifa va maqsadlarni ifodalash, sog‘lom xo‘jalik portfeli va o‘sish 
strategiyasiga asoslanadi. 
Talab - tovar xo‘jaligiga xos bo‘lgan va savdo, ayirboshlash sohasida ko‘zga 
tashlanuvchi toifa. Talab bozorda turli xil tovarlar yordamida aks ettirilgan
iste’molchilarning bir-biridan farq qiluvchi ko‘p sonli ehtiyojlaridan tarkib topuvchi, 
doimiy ravishda o‘zgarib turuvchi jamoatchilik ehtiyojlari majmuasini aks ettiradi. 
Telemarketing - marketing turi bo‘lib, uni amalga oshirish potensial 
iste’molchilarga tovar va xizmatlarni real va virtual bozorlardan izlash va xarid qilish 
imkonini beruvchi telekommunikasiya vositalari va Internet tarmog‘idan 
foydalaniladi. 
Tovar - 1) eng umumiy ko‘rinishda bozorda sotiluvchi mahsulot sifatida 
ifodalanishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy toifa, oldi-sotdi ob’ekti; 2) mahsulotning 
ma’lum bir xaridorlar ehtiyojini qondiruvchi asosiy iste’molchilik tavsifnomalari 
majmui; 3) iste’molchiga ko‘rsatiladigan, mahsulotni to‘ldiruvchi va uni sotishni 
engillashtiruvchi xizmat va imtiyozlar; 4) mahsulotnini urab turuvchi «muhit» 
(mahsulot dizayni, sifati, markasi, urovi). 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin