59
Ko`plab firmalar allaqachon tovarlarni taqsimot kanallaridagi turli nuqtalarda
kuzatib borish uchun “RFID” texnologiyasini qo`llamaoqda. ●Masalan, “Wallmart”
o`zining taqsimot markazlarida “RFID” texnologiyasini joriy etishlariga
ta`minotchilarini undaydi. Bugungi kungacha, 600 mingdan ortiq “Wallmart”
ta`minotchilari shunday qilishmoqda.
Texnologik muhit juda tez o`zgarmoqda. 100 yil yoki xatto 30 yil muqaddam
mavjud b`olmagan bugungi kunning tovarlari haqida o`ylab ko`ring. Abraham Linkoln
avtomobillar, samalyotlar, radiolar, eletr lampalari haqida umuman bilamagan.
Woodrow Wilson televizor, avtomat idish yuvish moslamalari haqida bilmagan.
Yangi texnologiyalar yangi bozorlani va imkoniyatlarni yaratdi. Biroq, har bir
yangi texnologiya eskisini o`rnini egallaydi. Tranzistorlar vaakumli trubina sanoatiga
zara keltirdi. Raqmli forografiya plyonka sanoatiga ziyon keltirdi. Agar eski sanoatlar
yangi texnologiyaga qarshi kurashsa yoki unga e`tabor bermasa, ularning biznesi
yo`qolib boradi. Shuning uchun marketologlar yangi texnologiyalarni uzluksiz kuzatib
borishlari kerak.
Dostları ilə paylaş: