81
bosqichlaridan o’ishini yaxshi bilishadi. Ular xaridorlarga mahsulotning xususiyatlari
va muhimligi haqida axborot yig’ishiga ko’maklashishlari darkor. O’z brendiga
tegishli mahsulotlar xususiyatlari, ustun taraflari haqida xaridorlarni bohabar qilishlari
kerak.
Xaridorlar mahsulotlar qimmat, ishonchsizligi ammo
brendlar orasidagi farq
kichik bo’lgan holatda yuqori aralashuvida xaridor ikkilanishi sodir bo’ladi. Misol
uchun, gilam sotib olmoqchi bo’lgan xaridor, mahsulotning qimmatligi tufayli, yuqori
aralashuvi sodir bo’ladi. Shu bilan birga, xaridorlar ko’p gilam brendlarini bir xil
sifatga ega deb hisoblaydi. Bunday holatda, xarid jarayoni ancha tez o’tib, agar qulay
narxda bo’lsa ko’ziga ko’ringan birinchi mahsulotni sotib oladi.
Xaridor o’zi sotib olgan
mahsulotni kamchiliklarini, boshqa u sotib olmagan
mahsulot brendlarining esa ustunliklarini aniqlaganda xariddan keying ikkilanish sodir
bo’ladi. Bunday ikkilanishning oldini olish uchun, marketologlar xaridorlarga ularning
tanlovi yaxshi ekanligini xis qilishlari uchun ko’maklashishlari, isbot keltirishlari
zarur.
Odatiy xarid xulqi, xaridor quyi aralashuvida hamda brendlar orasidagi farq
kichik bo’lganda sodir bo’ladi.
Misol uchun, tuz sotib olishni olaylik. Xaridorlar
bunday mahsulot turi uchun xaridga quyi darajada aralshadi, negaki qaysi do’konga
bormang, ularni topasiz. Xaridor quyi darajada xaridga aralashuvi - mahsulot arzon va
ko’p joyda uchraydigan bo’lsa, sodir bo’ladi.
Bunday holatlarda, xaridor brend haqida axborot yig’maydi, brend xususiyatlarini
baholamaydi, qaysi brendga tegishli mahsulotni sotib olish haqida bosh qotirmaydi.
Quyi aralashuvi tufayli, xariddan keyin mahsulotni
unchalik ham baholamaydi,
ikkilanishga uchramaydi.
Xaridorlaning quyi darajadagi aralashuvi tufayli, mahsulotlar orasidagi farq
kichik bo’lganligi sababi marketologlar o’z mahsulotlari xaridini rag’batlantirish
uchun turli xil chegirmalarni yo’lga qo’yishadi, boshqa brendlardan farq qilishi uchun
turli xil hatti harakatlarni amalga oshiradi.
Biz xaridorlarga ta’sir qiluvchi omillarni ko’rib chiqdik, endi xaridorlar qanday
qilib qaror qabul qilishiga yaqindan nazar tashlaylik. 4.4-rasm xaridor qaror qilishi
82
jaroyoni 5 ta qismdan tashkil topishi ko’rsatilgan: ehtiyoj paydo bo’lishi,
ahborot
yig’ish, muqobil tanlovlarni baholash, xarid qarori, xariddan keying xulq. Ko’rinib
turibdiki, xarid qilish jarayoni xariddan ancha oldin boshlanishi va undan ancha keyin
tugashi ko’rinib turibdi. Marketologlar faqatgina xarid qaroriga emas, balki butun xarid
qilish jarayoniga o’z e’tiborlarini qaratishlari darkor.
Dostları ilə paylaş: