5.2-rasm. Marketing xususida qaror qabul qilinishni quvvatlovchi tizimning tarkibiy tuzilishi Yuqoridagi rasmda aks ettirilgan statistik tahliliy uslublar banki matematik
uslublar bilan boyitilishini va tegishli axborotni qayta ishlash jarayonida
mukammallashgan modelga aylanishi nazarda tutiladi. Modellar banki tarkibi ushbu
rasmda umumiy jihatdan keltirilgan. Amaliy faoliyatda ularning ko‘lami juda keng
bo‘lib, tashkilotda marketing faoliyatining tashkil etilishi darajasi, zarurati va
salohiyatiga qarab ko‘p yoki kam qo‘llanilishi mumkin. Hozirgi paytda, ko‘plab
marketing xizmatlarini taklif etuvchi firmalar tayyor holdagi modellarni kompyuter
dasturlari sifatida sotmokdalar. Shu jihatdan modellar banki doimiy kengayib borish
xususiyatiga ega bo‘lib bormokda.
Har qanday boshqaruv qarorlari (shu jumladan marketing) uchta asosiy jihatlarga
(dolzarb, haqqoniy va to‘liq) ega bo‘lgan, axborotlarga asoslangan bo‘lishi kerak.
Marketing borasida qaror qabul qilishni quvvatlovchi quyi tizimga bo‘lgan
zaruratning kelgusida ham ortib borishi tabiiydir. Chunki, axborot ko‘lami va
Qaror qabul qilishni quvvatlovchi quyi tizim
Statistik taxliliy
uslublar banki
Regression tahlil
Korrelyatsion tahlil
Omillar tahlil Diskriminant
tahlil
“Uyalar tahlili”
“Konjayt Mesurment”
Modellar banki
Tovarlar shakli modeli
Narxni aniklash modeli
Manzilni tanlash modeli
Mediya-miks modeli
Reklama byudjeti modeli
Natija va
qarorlar
Marketing
axboroti
97
miqdorning nihoyat ko‘pligi va uni boshqarishga sarflanadigan vaqtni tejash muhim
ahamiyatga ega. Modellar banki vositasida esa axborotni qayta ishlash va qaror qabul
qilishda nisbatan kam xatoga yo‘l qo‘yiladi.