Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari


 Axborot turlari va ularning tasnifi



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   146
marketing

 
5.2. Axborot turlari va ularning tasnifi 
Marketing tadqiqoti uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va axborotlar ko‘lami juda 
keng bo‘lib, ularni tayinli tartibga solish va zarur paytlarda ulardan foydalanish talab 
etadi. Dastlabki tasavvurga ko‘ra bozor, xaridor, raqobatchi va mahsulot xususidagi 
barcha axborotni kerakli shaklga jamlash va amaliy faoliyatda ularga tayanib ish 
ko‘rish samarali hisoblanadi. 
Marketing xususidagi to‘plash manbalarini shartli ravishda birlamchi va 
ikkilamchi turlarga bo‘lish mumkin. Birlamchi ma’lumotlarga tayinli maqsad uchun 
ilk bor yangidan tashkil etilgan ma’lumotlar, axborotlar kiradi. Ikkilamchi 
ma’lumotlarga esa dastlabki boshqa maqsadlar uchun yig‘ilgan, qayta ishlangan, turli 
manbalarda (jurnal, hisobot, axborot byulletenlari va h.k.) mavjud bo‘lgan axborotlar 
kiradi. Ikkilamchi ma’lumotlarni to‘plash manbalari tegishli tashkilotlarga taalluqli 
bo‘lish yoki bo‘lmasligiga ko‘ra, o‘z navbatida ichki va tashqi turlarga bo‘linadi. 
 
 
5.3-rasm. Marketing axborotlari turlari 
MARKETING AXBOROTI 
Ichki 
Tashqi 
Birlamchi axborot 
Ikkilamchi axborot 
Xalqaro ommaviy 
Ichki milliy ommaviy 
xususiy (har xil 
tashkilotlarni bosma 
ma’lumotlari) 


98 
Ichki ikkilamchi ma’lumot manbalariga tashkilotda yuritilayotgan joriy 
buxgalteriya, moliya va statistik hisobotlarda aks ettiriladigan ko‘rsatkichlar kiradi. 
Jumladan, foyda va zararlar, sotib olish va sotish, tovarlarzahiralari, iste’molchilar 
ko‘lami va joylashuvi, narxlar hisob-kitoblar va h.k.lar. 
Boshqacha qilib aytganda, tashkilot o‘z imkoniyatidagi hisobotlar va 
ma’lumotlarga tayanib, mustaqil tarzda ichki ma’lumotlar tizimini ishlab chiqadi. 
Amaliy faoliyatda mahsulotlarni natural va qiymat ulchov birliklarida sotuvchi hajmi, 
narxlarning yil davomida o‘zgarishi, xaridorlarning joylashuv haritasi, tovar 
zahiralarining o‘zgarishi va shu kabi muhim ma’lumotlarni tashkilot bevosita o‘zining 
ichki hisobot tizimi asosida aniqlaydi.
Tashqi ikkilamchi ma’lumotlar tashkilot faoliyat yuritayotgan yoki yuritishi 
kutilayotgan bozor, mahsulot xususidagi mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga 
oladi. Ularning tarkibi, amaliyotda qo‘llanilishi turli davlatlari tajribasida turlicha 
ahamiyatga ega. Masalan, AQSHda tashqi ikkilamchi ma’lumotlarni umumiy jihatdan 
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin. 
1. Ommaviy va iqtisodiy uyushmalarning hisobotlari va xabarnomalari. Ushbu 
manbalar o‘z mohiyatiga ko‘ra ikki kichik guruhga bo‘linadi. 
a) Davlat muassalarning rasmiy hisobotlari. Bular jumlasiga statistik yilnomalar, 
sharhlar va hokazolar kiradi. «AQSH bo‘yicha qisqacha statistik sharh», «Shaharlar va 
okruglar bo‘yicha statistik yo‘riqnoma», «Amerika sanoati istiqbollari» sharhnomasi 
kabilar shular jumlasidandir. «Marketing axboroti yo‘riqnomasi» oylik maxsus nashr 
bo‘lib, unda marketingga oid barcha xabarlarning qisqacha mazmuni bayon etiladi. 
Ushbu turkum manbalardan aholining o‘sishi, tarkibiy demografik siljishlari, 
daromadlar va narxlarning o‘zgarishi, yalpi iste’moldagi holat, ayrim iste’mol tovarlari 
taklifi, sotuvchi, iste’moliga oid xabarlar va boshqa axborotlarni olish mumkin. Ayrim 
shtatlar bo‘yicha esa o‘zgarishlar, qo‘shni shtatlar bilan kiyosiy tahlil ma’lumotlari 
ham ushbu manbalarda aks ettiriladi. 
v) Uyushmalar va tashkilotlarning hisobotlari va ma’lumotlari. Har bir shtat 
o‘zining mustaqil iqtisodiy uyushmalari (assotsiatsiyalari, ittifoqlariga) ega bo‘lganligi 
sababli, ular ham mustaqil tarzda yillik hisobot va ma’lumotlar tayyorlaydilar. 


99 
Masalan, sanoat-savdo palatalari, maxsus sohalar bo‘yicha (elektronika, sotish 
yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z a’zolari uchun axborotlarni to‘pladi va umumlashtirdi. 
«Amerika marketing assotsiatsiyasi», «Tadbirkorlikni rivojlantirish byurosi», 
«Chakana savdo milliy assotsiatsiyasi» kabi tashkilotlar va boshqalar shular 
jumlasidandir. 
2. Marketing tadqiqotlari bo‘yicha ixtisoslashgan institutlar va marketing xizmati 
ko‘rsatuvchi muassasalarning axborotlari, hisobotlari. 
Ko‘pgina hollarda ushbu axborot manbai tijorat axborot manbai ham deb 
nomlanadi. Masalan, marketing tadqiqotlari bo‘yicha ixtisoslashgan institutlar: 
«Marketing research corporation of Amerika», «Simmons market research byuro», 
«A.S.Nilsen» kabi tashkilotlarning bashoratlari, o‘z muammo yo‘nalishlari bo‘yicha 
amalga oshirgan tadqiqot yakunlari, hisobotlari. Bunday ma’lumotlarning ayrimlari 
ommaviy tarzda barcha qiziquvchilarga arzonroq ayirboshlanadi, ayrimlari esa tegishli 
to‘lov evaziga maxsus bajariladi va taqdim etiladi. 
Masalan, «Marketing research corporation of Amerika» firmasi oilalarning 
haftalik iste’mol mollari xaridi, iste’moli, ayrim chakana savdo korxonalari faoliyati 
xususida axborotlar tayyorlaydi. «Simmons market research byuro» firmasi esa har yili 
televizorlar bozoridagi o‘zgarishlar, sport tovaralari, dori-darmonlarning sotuvchi 
xususidagi axborotlarni aholining jinsi, daromadi, yoshi bo‘yicha tabaqalanishini 
tahliliy ma’lumotlar shaklida keltiradi. 
3. Iqtisodiy matbuot, tarmoq bo‘yicha jurnallar, ro‘znomalar va kitoblar. Ushbu 
turkum axborot manbai juda keng bo‘lib, undagi tahliliy ma’lumotlar tegishli 
tashkilotga, tadqiqotchilar guruhiga yoki alohida shaxsga taalluqli bo‘lishi mumkin. 
AQSHda mashhur «Tayms», «Fayneshnl tayms» kabi ro‘znomalar, «Forchun», 
«Forbs», «Garvard biznes revyu», «Jornal of marketing riserch» va boshqa shu kabi 
jurnallar ommaviy matbuotda marketing tadqiqotiga oid maqolalar, hisobotlarni chop 
qiladi. Bundan tashqari, marketing tadqiqotlarining amaliy jihatlarini aks ettiruvchi 
risolalar, kitoblar ommaviy matbuot manbaidan olinadigan ma’lumotlarni yanada 
boyitadi. 


100 
4. Tashkilotlarning ommaviy tarzda chop etiladigan ma’lumotlariga yillik balans 
hisobotlari, narx varaqalari, reklama jurnallari, xaridorlar uchun yo‘riqnomalar va shu 
kabilar kiradi. Bunday manbalardan o‘zaro raqobatda bo‘lgan firmalar ham ko‘p 
foydalanadilar. Chunki, unda raqobatchi firmalarning sotish hajmi, mahsulot, xizmat 
ko‘rsatish va narx siyosati xususida zarur ma’lumotlarni olish imkoni bo‘ladi. 
Ma’lumki, har bir yirik aksionerlik jamiyati va o‘ta yuqori savdo aylanmasiga ega 
bo‘lgan mas’uliyati cheklangan shirkatlar yillik hisobotlarini, prospektlarni ommaviy 
nashr qiladilar. So‘nggi yillarda ushbu tashkilotlarning umumiy falsafasi, sotish 
siyosati, marketing xizmatlari ma’lumotlari tabiiyki, bunday hisobotlarda o‘z aksini 
topmoqda. Shu sababli, raqobatchi tashkilot yoki firmaning aksionerlari, xaridorlari, 
mijozlari uchun chiqargan prospektlari, yo‘riqnomalari, hisobotlari bevosita tadqiqot 
uchun manba sifatida foydalaniladi. 
Axborot olish manbalari xususida fikr yuritilganda faqatgina tegishli mamlakatda 
chop etiladigan axborotlargina emas, balki xorijiy matbuot, xalqaro iqtisodiy-
moliyaviy tashkilotlarning axborotlarini ham inobatga olmoq lozim. Masalan, 
AQSHda nashr etiladigan Fortune, Forbes kabi jurnallarda Evropa mamlakatlari bozori 
xususida axborotlar, undagi o‘zgarishlar, siljishlar haqida ham ma’lumotlar keltiriladi. 
Bu esa o‘z navbatida, barcha qiziquvchi va tegishli bozorga ishtiyoqmand 
kompaniyalar uchun axborot manbai bo‘lib hisoblanadi. 
Jahon 
iqtisodiyoti 
yanada 
shakllanayotgan 
va 
xalqaro 
munosabatlar 
takomillashayotgan sharoitda xalqaro iqtisodiy, moliyaviy tashkilotlar: Xalqaro savdo 
tashkiloti, Jahon banki, Xalqaro rivojlanish va rekonstruksiya banki va shu kabilar 
o‘zlarining yillik hisobotlarini nashr qiladilar. Bunday ma’lumotlardan xalqaro 
bozorda faoliyat boshlayotgan va yuritayotgan kompaniyalar foydalanishlari mumkin. 
Masalan, tegishli bir davlatning tashqi savdo balansi, eksport-import tarkibi, sanoat, 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish hajmi va h.k. ma’lumotlar ushbu manbalardan 
olinishi mumkin. 
Hozirgi paytda mustaqil va yangi axborot manbai bo‘lib - elektron ma’lumot 
banklari, «informatsion-broker» tarzidagi kompyuter vositasida o‘tkaziladigan 
ma’lumotlar tizimi shakllanmoqda. Bu ma’lumotlar kompyuter vositasida 


101 
uzatilayotgan, to‘planayotgan va saqlanayotganligi uchun yangi tur deb sanaladi va 
yuqoridagilardan farq qiladi.
Kompyuterlar uchun ma’lumotlar banki ham hozirda mustaqil bozor sifatida 
ildam rivojlanmoqda. «Informatsion broker» tizimi marketing xususida barcha 
axborotlarni yig‘ish, kompyuter ma’lumotlari bankiga kiritish va unga ehtiyoj sezgan 
tashkilotlarga yordam ko‘rsatish vazifasini bajaradi. Ushbu tizimlar axborotlarni 
to‘plash bo‘yichagina emas, balki ular bankini yaratish, kompyuter dasturlariga kiritish 
bo‘yicha ixtisoslashgan. Odatda ular kichik tashkilotlar, shaxslar uyushmasi bilan 
muntazam aloqada bo‘lib, kompyuter dasturlarining imkoniyatlarini oshirish, ko‘plab 
iste’molchi tashkilotlar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan. 
Bizning mamlakatimizda axborot yig‘ish manbalari bir muncha o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega. Bu xususiyatning mavjudligi eng avvalo, marketing bo‘yicha 
axborot olish manbalari va ushbu soha bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarning tashkiliy 
bo‘ysinish xususiyatlardan kelib chiqadi. O‘zgacha jihatdan esa, ommaviy 
tadbirkorlikni rivojlanish darajasi, korxonalar uyushmalari, sanoat-savdo palatalari 
marketing xususida ma’lumotlarni yig‘ish bo‘yicha faoliyatlarning hozirgi holati, 
ularni guruhlarga ajratishda alohida yondashishni talab qiladi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin