Ergashxodjaeva Sh. Dj., Yusupov M. A., G’oyipnazarov S. B., Sharipov I. B. Marketing asoslari



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/146
tarix16.04.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#125439
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   146
marketing

Joy marketingi ma’lum manzillarga nisbatan bo’lgan munosbatlarni 
shakllantirish, saqlab qolish va o’zgartirish uchun qilinadigan xatti-harakatlarni o’z 
ichiga oladi. Shaharlar, shtatlar, viloyatlar va hattoki davlatlar turistlar, yangi fuqarolar 
va xalqaro tadbirlar, kompaniyalar va zavodlarni jalb qilish uchun raqobat olib 
boradilar. Nyu-York shtati ‘I

NY’ shiorini targ’ib qiladi. Michigan esa tashrif 
buyuruvchilarni Sof Michiganning sof tabiati, ulkan ko’llari, olcha plantatsiyalari, 
go’zal quyosh botishlari va yulduzga to’la kechki osmonidan bahra olishga chaqiradi. 
Kongress qarori bilan tuzilgan “Brand USA” davlat-xususiy marketing hamkorlik 
kompaniyasi xalqaro turistlar orasida AQSHni targ’ibot qiladi. 200 million dollarlik 
byudjet bilan qo’llaniladigan “Brand USA”ning maqsadi ‘Amerikaning xaqiqiy 
buyukligini yerdan ko’kkacha ko’rsatish’dir. Davlatlar orasidagi xalqaro turizm uchun 
raqobat o’ta kuchli va Meksika bu borada yiliga 175 million dollar sarflagan xolda 
birinchi o’rindadir. Buyuk britaniya 160 million,Avstraliya 107 million va Turkiya esa 
99 million sarflaydi. Eksperlardan birining ta’kidlashicha, oxirgi o’n yillik ichida 
AQSH noto’g’ri marketing sababli 606 million harajatga teng bo’lgan 78 million 
tashrif buyuruvchilarni qo’ldan chiqargan. “Brand USA” marketing dasturi 
davlatlararo reklamalar va keng qamrovli “DiscoverAmerica.com” Veb saytini o’z 
ichiga oladi va ushbu veb sayt o’z ornida e’tiborga molik manzillar, AQSH da sayohat 
uchun kerakli ma’lumotlar va maslaxatlarni taklif qiladi. 
G’oyalar ham sotilishi mumkin. Bir tarafdan olib qaraganda, marketing butunlay 
g’oyalar savdosidan iborat, xox u tishni tozalash go’yasi bo’lsin, xox tish pastasi sizga 
‘sog’lom va go’zal tabassum xadya etishi’ bo’lsin. Ammo, biz bu yerda ijtimoiy 
g’oyalar haqida so’z olib bormoqdamiz. Bu soha ijtimoiy marketing deb nomlangan 


115 
va Ijtimoiy Marketing Instituti(IMI) tomonidan ‘tijorat marketing tamoyillarining 
odamlarning xattti-harakatlariga ularning va jamiyatning manfaati uchun ta’sir 
o’tkazish maqsadida foydalanilishi’ deb ta’rilangan. 
Ijtimoiy marketing dasturlari keng miqyosdagi muammolarni qamrab oladi. 
Amerika reklama kengashi (
www.adcouncil.org
) sog’liqni saqlash, ta’lim va tabiat 
muhofazasidan tortib to inson huquqlari va shaxsiy havfsizlik kabi sohalarni o’z ichiga 
oladigan o’nlab ijtimoiy marketing dasturlarini rivojlantirgan. Lekin, ijtimoiy 
marketing faqatgina reklamadan iborat emas – IMI keng qamrovdagi marketing 
vositalaridan foydalanishga undaydi. ‘ Ijtimoiy marketing shunchaki targ’ibotdan 
ancha kengroq tushuncha bo’lib, u belgilangan ijtimoiy maqsadlar o’zgarishiga 
erishish uchun deyarli har qanday vositadan foydalanadi’ deydi IMI nin bosh direktori. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   146




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin