128
muammolarga duch keladilar. Masalan, tig’iz soatlar sababli jamoat transporti
kompaniyalari butun kun bo’yi keragidan ortiq transport va uskunalarni saqlashga
majburdirlar.
Shuning uchun, xizmat ko’rsatish firmalari talab va taklif o’rtasida
balansni toppish uchun har xil strategiyalar ishlab chiqadilar. Mehmonxona va
kurortlar mavsumdan tashqari vaqtlarda mijozlarni jalb qilish uchun narxlarni
tushuradilar. Restorantlar esa tig’iz paytlardagi talabga
javob berish uchun yarim
stavkali ishchilar qabul qiladilar.
Ishlab chiqarish bizneslari singari, xizmat ko’rsatishda ham kompaniyalar o’z
brendin belgilangan xaridor guruhining ongiga singdirish uchun marketingdan
foydalanadilar. FedEX jo’natmalaringizni ‘tezroq, uzoqroq’ yetkazishga va’da beradi,
Angie’s List ‘ishonchli taqrizlar’ni
taklif qiladi, Hampton ‘Sizni kutib olishdan
hursandmiz’deydi, St. Jude Children’s Hospital da esa ‘Davo toppish. Bolalarni asrash’
shiori mavjud. Bu va boshqa xizmat ko’rsatish firmalari odatiy marketing miksi
vositalaridan mijozlar ongidan o’rin olishda foydalanadilar. Lekin, xizmatlar moddiy
tovarlardan
farq qilgani uchun , ular qo’shimcha marketing yondashuvlarini talab
qilmaydi.
Dostları ilə paylaş: