153
vaziyatdan yaqqol tasvirlardan iborat bo‘lmasligi lozim, chunki bu mas’uliyatsizlikka
sababchi bo‘lishi mumkin. Reklamada bolalar tasvirlanadigan holat ham alohida
ehtiyotkorlik talab qiladi.
Reklama agarda ishlab chiqarish va muomala sohasidagi boshqa predmet
(predmetlar) bir vaqtda topilishi alohida guruhlar va iste’molchilarning shaxsiy
manfaatlariga, ularning ehtiyojlari va moddi imkoniyatlariga javob beradigan bo‘lsa,
reklama predmetining o‘ziga xosligi, yagonaligi, boshqalardan ustunilgi haqida
taassurot qoldirmasligi lozim.
Kreditga sotish reklamasi sotuv va to‘lov shartlari, zarur hujjatlar ro‘yxati,
badallar miqdori va h.k. haqida aniq axborotni bayon qilishi lozim.
Arzonlashtirilgan narxlar bo‘yicha sotiladigan tovarlar reklamasi yangi narx,
sotuv joylari bo‘yicha aniq ma’lumotlardan iborat bo‘lishi, shuningdek, bunday
tovarlarning ijobiy xususiyatlarini ob’ektiv ravishda aks ettirishi lozim.
Oziq-ovqat mahsulotlari va sanitariya-gigiena tovarlari reklamasi u yoki bu
mahsulotning iste’molchilar salomatligiga ta’siri haqida ma’lumotlarga tibbiyot
muassasalarining mos keluvchi tavsiyalarisiz ega bo‘lishi mumkin emas.
Reklamada rasmiy va boshqa shaxslarning, fan, madaniyat va san’at vakillarining
guvohliklari faqat ularning roziligi bilangina berilishi mumkin.
Reklamada odamlarning fotosuratlari ularning shaxsiy ruxsatisiz foydalanilishi
mumkin emas. Agar suratga olish ob’ekti yosh bola bo‘lsa, bu holda uning ota-onasi
yoki vasiylari roziligini olish lozim.
Reklamada plagiatga yo‘l quyilmaydi.
Mutaxassislarga yo‘naltirilgan reklama ilmiy atamalar, statistika ma’lumotlari,
texnik adabiyotlardan olingan ma’lumotlar va h.k.dan iborat bo‘lishi mumkin.
Ommaviy iste’molchiga yo‘naltirilgan reklamada maxsus atamalar qo‘llanishini
chegaralash lozim.
Yuqorida bayon qilingan talablar reklama jarayoni qatnashchilariga o‘z
faoliyatida ko‘plab xatolarga yo‘l qo‘ymaslik imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: