42
2.
Oliy mulk davlat mulkining dastlabki shaklidir. Davlatni tashkil etish ko`p
hollarda mulkni, masalan, yerni zo`rlik bilan tortib va bosib olishlar oqibati
bo`lgan. Oliy mulkning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat:
a) mulk va hokimiyatning bo`linmasligi;
b) xizmat uchun mukofot sifatida resursni hadya qilish shaklida faoliyat
bilan almashish;
v) mehnat sharoitlarini ishlab chiqaruvchilarga biriktirish (xususiy egalik);
g) biriktirilgan resurslarni tasarruf etish uchun davlat monopoliyasi;
d) ishlab chiqaruvchining o`z faoliyati natijalariga mulkchiligi.
Davlat boshlig`i bunday mulkning «oliy mulkdoriga» aylangan va ularni o`z
fuqarolariga tarqatgan (hadya qilgan). Yerni egalikka olish va undan foydalanish
sharti davlatga xizmat qilishdan iborat bo`lgan. Oliy hokimiyat ixtiyorida eng
muhim ta’sir etish vositasi – tortib olish (tasarruf etish) huquqi qoldirilgan.
Bu bir
vaqtning o`zida ikkita o`zaro bog`liq vazifani hal etish imkonini bergan: ishlab
chiqaruvchining ehtiyojlarini qondirish va ishlab chiqaruvchini o`zi
foydalanadigan resursni takror yetishtirishga majbur qilish.
Asta-sekin vaqt o`tishi bilan oliy mulkchilik instituti sharoitida, davlat
monopoliyasi xo`jalik faoliyati mahsulotlari bilan almashuv rivojlanishiga
to`sqinlik qila boshlagan. Iqtisodiy ehtiyojlarning ta’siri ostida mulkchilik instituti
o`zgara boshladi. Natijada turli ishlab chiqarish usullariga xos bo`lgan ikkita turli
institut shakllandi: tabaqali va ko`p pog`onali mulk.
3.
Tabaqali mulk – oldingi davrda asosiy mehnat sharoiti bo`lgan
tabiiy
resurslarga tabaqali monopoliyalar shakllanishi bilan tavsiflanadi, dvoryanlarning
o`zlariga «biriktirilgan» mol-mulkni tasarruf etish huquqi borgan sayin kengayishi
bilan izohlanadi.
Tabaqali mulkchilikning asosiy xususiyatlari:
a) mulkdorlar sinfining paydo bo`lishi;
b) ishlab chiqarish vositalari cheklangan aylanmasining paydo bo`lishi;
v) hokimiyat huquqlariga nisbatan mulkiy huquqlarning cheklangan
xususiyati;
g) ishlab chiqaruvchining o`z faoliyati natijalariga mulkchiligi;
d) mulkdan olinadigan daromadni qayta taqsimlash yangi shaklining paydo
bo`lishi. Rivojlanishning Yevropa modeliga xos bo`lgan tabaqali mulkchilik
instituti davlat mulkchiligidan xususiy mulkchilikka o`tish bosqichi sifatida
ta’riflanadi.
4.
Xususiy mulkchilik individning jamoaviy xo`jalik faoliyatidan ajralib
chiqishini o`zida namoyon etadi va quyidagi asosiy xususiyatlar bilan tavsiflanadi:
·
iqtisodiy agentlarning
mustaqilligi;
·
mehnt sharoitlari va natijalarining erkin aylanishi;
·
hokimiyat huquqlariga qaraganda mulkiy huquqlarning yetarliligi;
·
mulkdorning mulkiy javobgarligi.
Xususiy mulk institutining shakllanishi tobelikning yangi shakli – iqtisodiy
tobelikning paydo bo`lishiga olib keldi. Xodimning ishlab chiqarish vositalaridan
43
ajralishi bilan bir qatorda ishlab chiqaruvchining o`z mehnatining mahsuliga
bo`lgan huquqidan mahrum etilishi yuz berdi.
5.
Korporativ mulk. Ko`plab tadqiqotchilar korporativ mulkni xususiy mulk
bilan
tenglashtirib, korxonani tashkil etishning korporativ shaklini mulkiy
majmuani ishonchli boshqarish shakli sifatida talqin etishni taklif qilishadi.
Korporativ mulkchilikning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat: mulkning
ayrim shaxslarga taqsimlanganligi; iqtisodiy agentlarning tobelik munosabatlari;
iqtisodiy agentlar javobgarligining cheklanganligi; qayta taqsimlash munosabatlari
sohasida mulkdan keladigan daromadlar
rolining keskin ortishi; mulkdor –
korporatsiya huquqlarini bilvosita himoyalash orqali mehnat sharoitlarini takroriy
yaratish.
6.
Ijtimoiy mulk. Ijtimoiy mulk yuridik va jismoniy shaxslar mulki bilan
birga mavjud bo`ladi. Jamiyat mulki, ko`p holatlarda davlat tomonidan
boshqarilishiga qaramay, unga tegishli emas. Jamiyatning muammosi resurslarni
takroriy yetishtirish va mulkdan daromad – monopol rentani olish
ustidan nazorat
o`rnatishdan iborat.
Ijtimoiy mulkchilikning asosiy xususiyatlari quyidagilarni o`z ichiga oladi:
a) jamiyatning hokimiyat apparati sifatida davlatdan ajratilishi;
b) jamiyatning tabiiy resurslarga monopoliyasi;
v) ijtimoiy mulk ob’ektlaridan foydalanishning konsession mexanizmi;
g) ishlab chiqaruvchining o`z faoliyati natijalariga mulkchiligi;
d) ijtimoiy mulkdan keladigan daromadlardan jamiyat a’zolarining ijtimoiy
ahamiyatli ehtiyojlarini qondirish uchun foydalanish.
7.
Ko`p pag`onali mulkchilikning vujudga kelishi mulkdor vakolatlarining
turli xo`jalik yurituvchi sub’ektlar o`rtasida taqsimlanishi jarayonini o`zida
namoyon etadi.
Ko`p pag`onali mulkchilikning asosiy xususiyatlari:
a) mol-mulk va hokimiyatning ajratilmaganligi;
b) mol-mulk uchun to`liq huquqlariga ega bo`lgan shaxslarning mavjud
emasligi;
v) mulkdor vakolatlarini amalga oshirishda ishtirok etishning xizmat
xususiyati;
g) ular o`rtasida mulkchilik vakolatlari taqsimlanadigan sub’ektlar
o`rtasidagi tobelik munosabatlari;
d) mehnat sharoitlarining ishlab chiqaruvchilarga biriktirilishi.
Ta’kidlash lozimki, k
o`p pag`onali mulkchilik instituti barcha xo`jalik
yurituvchi sub’ektlarning mehnat sharoitlarini tasarruf etishdagi huquqlarini
sezilarli
darajada cheklagani holda, mehnat natijalarining erkin aylanishinini
istisno etmadi. Demak, tabiiy resurslar emas, balki xo`jalik faoliyatining
mahsulotlari ishlab chiqarishning asosiy vositalariga aylanishiga qarab mazkur
institutning iqtisodiy asosi nuray boshladi. Lekin bu noiqtisodiy majburlashga
asoslangan hokimiyat o`z mavqeini osongina bo`shatib berganligini anglatmaydi.
Dostları ilə paylaş: