O`zbekiston respublikasi davlat soliq qo`mitasi soliq akademiyasi m. I. Kutbitdinova «institutsional iqtisodiyot»



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/100
tarix20.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#125637
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100
institutsional iqtisodiyot 1 1 1

6.1
-
rasm. Shartnomaviy majburiyat doirasi


62
2. «Tabiat» o`zaro hamkorlik natijalariga ta’sir ko`rsatadi, lekin uning ta’sirini
oldindan aytish mumkin. Shaxs tomonidan qabul qilinadigan qarorni muqobil
natijalarning paydo bo`lishi ehtimoli ma’lum bo`lganida «hisoblab chiqish» mumkin.
3. «Tabiat» o`zaro hamkorlik natijalariga ta’sir ko`rsatadi, lekin uning ta’sirini
oldindan aytib bo`lmaydi. Qaror qabul qilish natijalarini «hisoblab chiqish» mumkin
emas, chunki qarorni qabul qilish vaqtida ularning paydo bo`lishi ehtimoli emas, balki
faqat uning muqobil yakunlari ma’lum.
Xatar va noaniqlik sharoitida hamma shaxslar ham bir xil harakat qilmaydi.
Insonlarning xatarga nisbatan munosabatlari nuqtai nazaridan ularning uchta xili
mavjud: xatarga qarshi insonlar; xatarga betaraf munosabatda bo`ladigan insonlar
va xatarga moyil insonlar (risk aversion, risk neutrality, risk preference).
6.2. Sotish to`g`risidagi shartnoma va
yollash to`g`risidagi shartnoma
Qaysi institutsional doiralar insonlarning «tabiiy» («tabiat» bilan
shartlangan) xatar va noaniqliklarga bo`lgan munosabatlarining o`ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda shartnomalar tuzish imkonini beradi? Ushbu
institutsional doiralar bitim tomonlaridan biriga o`zaro hamkorlik natijalariga
«tabiiy omillar» ta’siridan qat’i nazar kafolatlangan daromad olish huquqini qo`lga
kiritib, xatardan voz kechish imkoniyatini beruvchi yollash to`g`risidagi
shartnomada belgilanadi. Biroq bunda shartnomaning xatarga qarshi bo`lgan
tomoni vaziyat qulay tus olgan hollarda katta daromad olish uchun e’tirozlardan
voz kechadi.
«Yollash to`g`risidagi shartnoma» atamasi yollanma xodim va ish
beruvchining o`zaro hamkorligi modelidan kelib chiqib, unda shu narsa nazarda
tutiladiki, yollanma xodim – xatarga qarshi, ish beruvchi esa xatarga nisbatan
betaraf. Bozor kon’yunkturasi va yollanma xodim ishlab chiqaradigan mahsulotga
bo`lgan talab qanday bo`lishidan qat’i nazar, u mehnati uchun qat’iy belgilangan
mukofotni oladi. Bunda shartnomaning o`zida qaysi harakatlarni amalga
oshirganlik uchun yollanma xodim mukofot olishi aniq ko`rsatilmaydi, harakatlar
xususiyati «tabiiy» omillar bilan shartlangan u yoki bu vaziyat sodir bo`lishidan
kelib chiqadi. Amalda yollash to`g`risidagi shartnoma faqat yollanma xodimning
ish beruvchining qarorlariga bo`ysunishi zarurligini qayd etadi.
Endi yuqorida aytilganlarni qat’iyroq shaklda namoyon etamiz. Shartnoma
tuzish pallasida uning amalga oshirilishiga shartnoma ishtirokchilarining nazorati
ostida bo`lmagan ye
i
voqealar ta’sir ko`rsatishi ma’lum, deylik. Shu bilan birga
ushbu r
i
voqealarning sodir bo`lishi ehtimoli ham ma’lum. U holda yollash
to`g`risidagi shartnomani tuzishda ish beruvchi tomonidan yollanma xodim
shartnomaning amalga oshirilishi pallasida qanday ye
i
voqea sodir bo`lishiga qarab
bajarishi uchun x
i
vazifani tanlash tartibi tafsirlanadi. Yollash to`g`risidagi
shartnomada butun vazifalar yig`indisi haqida kelishib olinadi, shulardan ish
beruvchi, bunda o`zining foydalilik funksiyasini maksimallashtirgan holda x
i
ni
tanlashi mumkin. Ya’ni yollash to`g`risidagi shartnoma deb X vazifalar
yig`indisining unda funksiyaning maksimal qiymati


63
EU[p
l
x
l
(e
l
) Q p
2
x
2
(e
2
) Q ...Qp
k
x
k
(e
k
)],
bu yerda x
l
, ..., x
k
є X bo`lgan tafsirsiga aytiladi, bu yerda EU – ish
beruvchining kutilayotgan foydaliligi. Yollash to`g`risidagi shartnomaga sotish
to`g`risidagi shartnoma muqobil hisoblanib, unda ehtimoliy vazifalarning
yig`indisi emas, balki bajarish uchun qabul qilinadigan va ye
i
voqealar sodir
bo`lishining ma’lum ehtimolligi asosida belgilangan muayyan vazifalar haqida
kelishib olinadi. Shunday qilib, sotish to`g`risidagi shartnoma quyidagi
funksiyaning qiymati maksimal bo`ladigan (shartnomaning amal qilish muddati
mobaynida) kelgusi davrlarda bajarish uchun qabul qilinadigan vazifalarni belgilab
beradi:
r
l
U[x
l
(ye
l
)]Qp
2
U[x
2
(e
2
)]Q...Qp
k
U[x
k
(e
k
)],
bu yerda U – bitim ishtirokchilarining x
i
topshirig`ini bajarishdan umumiy
foydaliligi.
Sotish to`g`risidagi shartnoma faqat uning ikkala tomoni ham xatarga
nisbatan betaraf bo`lib, kutilayotgan voqealar sodir bo`lmasligi va shartnomada
qayd etilgan vazifalar yuzaga keladigan vaziyatga mos bo`lmagan ehtimollikka
ko`nishga tayyor bo`lgan taqdirda tuzilishi mumkin.
Demak, sotish to`g`risidagi shartnoma xatarga bir xil munosabatda
bo`ladigan – xatarga betaraf shaxslar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
Yollash to`g`risidagi shartnoma esa xatarga har xil munosabatda bo`ladigan –
xatarga betaraf va xatarga qarshi insonlar o`zaro hamkorligining institutsional
doiralarini yoritadi. Xatarga qarshi shaxslar (yollanma xodimlar) xatarga betaraf
bo`lgan shaxslar (ish beruvchilar) foydasiga o`zlarining kelgusida «tabiiy»
omillarni hisobga olgan holda harakat strategiyasini erkin tanlash huquqidan
ixtiyoriy ravishda voz kechishadi. Shaxsning shartnomada belgilangan faoliyat turi
ustidan nazorat qilish huuqining ixtiyoriy ravishda topshirilishi yuz beradi. Huddi

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin