12
Neoinstitutsional nazariyaning sanab o`tilgan yo`nalishlari o`rtasida ko`plab
farqlar ham, umumiy jihatlar ham mavjud. Xususan, T.Eggertsson quyidagilarni
ajratadi [59]:
Birinchidan, barcha ushbu mualliflar almashuvni tartibga soluvchi qoidalar
va shartnomalarga nisbatan belgilanadigan cheklovlarni yaqqol ko`rinishda
modellashtirishga intilishadi, bunda andoza sifatida ko`proq
neoklassik modelda
mulk huquqlarining eng na’munali yo`lidan foydalaniladi.
Ikkinchidan, to`liq axborot va almashuvning nol darajali xarajatlari
to`g`risidagi neoklassik taxminlar oydinlashtirildi,
shuning uchun ijobiy
transaksiya xarajatlarining oqibatlari o`rganilmoqda.
Uchinchidan, baholanadigan ne’matlarda faqat ikkita o`lchov – narx va sifat
o`lchovlari mavjud, degan oddiy taxmin ancha yumshatildi,
shu sababdan iqtisodiy
natijalar va iqtisodiy tashkilot uchun tovarlar va xizmatlar sifat o`zgarishlarining
oqibatlari tadqiq etilmoqda.
Yana bir bor ta’kidlash lozimki, neoinstitutsional nazariya hozircha to`liq
shakllanmagan: ta’riflar va atamashunoslik borasida to`liq uyg`unlikka
erishilmagan, matematik modellardan mikroiqtisodiy nazariyadagiga qaraganda
juda kam darajada foydalanilmoqda, empirik teslashga katta e’tibor qaratiladi (bu
ayniqsa o`tish iqtisodiyotidagi
jarayonlarni tahlil qilishda, masalan xufyona
sektorni o`rganishda, turli ma’muriy to`siqlarning samaradorligini tadqiq etishda
ko`zga tashlanadi).
Dostları ilə paylaş: