Zamonaviy tarix darsiga bo’lgan talab nima bilan belgilanadi? Birinchidan:fikrimizcha, Prezident I.A.Karimovning «Bizning asosiy boyligimiz,
rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo`ldagi asosiy tayanchimiz - insondir. Yuksak
malakali va yuksak ma'naviyatli insondir. Bu narsa, ayniqsa yosh avlodga tegishli. Kelajagi
buyuk davlat, eng birninchi navbatda, bo`lajak fuqarolarining madaniyati, ma'lumoti va
ma'naviyati haqida g`amxo`rlik qilmog`i zarur.
Men barcha vatandoshlarimizga murojaat qilib aytaman: Bugun hayot qanchalik og`ir
bo`lmasin, ma’naviyatimiz va madaniyatimizni unutmaylik!» degan ko`rsatmalari,
shuningdek «yangi demokratik ta'lim konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish lozim
bo’ladi. Bunda o’zbek xalqining va respublika hududida yashovchi boshqa xalqlarning milliy,
tarixiy va madaniy an'analari, ma'naviy tajribasi ta'lim va tarbiya tizimimizga uzviy ravishda
kiritilishi lozim»" degan konsepsiyasi pedagoglarimizni tarix ta'limini davr talabi darajasiga
ko`tarish yo`lidagi muhim vazifalarialari bo’lmog’i kerak.
Ikkinchidan: tarix ta'limi davomida o’quvchi yoshlarni tarixiy bilim va ko’nikmalar bilan
qurollantirib, ularni o’tmishda va bugungi kunimizda sodir bo`layotgan ijtimoiy hodisalarini
to’g’ri baholash va xulosalar ilmy – uslubiy va didaktik jihatdan to’g’ri tashkil etilgan tarix
ta'limi dars jarayonida samara beradigan turli – tuman shakl va usullardan foydalanishni taqozo
etadi.
Tarix o’qitish deganda faqatgina o’qituvchini voqealar to’g’risidagi hikoyasini tinglash – u,
kelgusi darsda uni o’quvchilardan so`rashgina emas, balki, tarix o’qitish jarayonida biz
o’quvchilarimizni fikrlash va tarixiy voqealarini tahlil etish, o’rganilayotgan tarixiy material
asosida xulosalar chiqarish va ularni umumlashtirish, tafakkur etish, o’rganilayotgan hamma
mavzular va kursning yetakchi g`oyalarini ongli ravishda mustahkam o`zlashtirib olish, ularni
tarixiy hujjatlar va ayniqsa O`zbskiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, nutqlari
matni ustida mustahkam ishlab, rejalar va konspekt, xronologik va sinxronologik jadvallar
tuzishga, ularni tahlil etishga, qisqacha ma'ruzalar tayyorlashga, tarixiy xaritalar bilan ishlash va
to`g`ri tarixiy mo`ljal olishga qunt bilan o`rgatish jarayoniga aytiladi.