Ma’ruza matni pedagogika instituti Tarix fakulteti talabalari uchun “Tarix o'qitish metodikasi” fanini o’rganishda yordamchi ma’ruza matni bo’lib, unda mazkur fanning dolzarb muammolari yoritilgan



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/43
tarix28.04.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#126014
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43
Asosiy tushunchalar. 
 
O’qitish metodlari — o’qituvchilarning aktiv fikrlash asosida o’quvchilarni o’qitishga, 
o’qituvchi rahbarligida o’quvchilarning ilmiy bilimlarni o’zlashtirishi va amalda qo’llana 
bilishlariga, dunyoqarash va e'tiqod hosil qilishlariga, aqliy va jismoniy mehnat, ko’nikma va 
malakalarini egallashlariga, bilish va ijodiy qobiliyatlari o’sishiga yordam berishni ta'minlovchi 
usullar. 
Takrorlash uchun savollar 
1. A.I.Strajev qaysi o’qitish metodlarini tavsiya qiladi. 
2. Hozirgi kunda o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimlari amaliyotida qo’llanib kelinayotgan, 
amaldagi o’qish metodlarini ayting. 
3. I.Ya.Lernerning o’qitish metodlarini guruhlashrshiga munosabatingiz. 
4. O’qitish metodlariga ta'rif bering. 


Mavzu. Tarix darsining didaktik asoslari 
Reja: 
1. Ta'lim vositalari – tarix bilimlari manbai. 
2. O’quv metodik komplekslar mazmuni. 
3. Ta'limning didaktik vositalari. 
4. Darslik matni ustida ishlash. 
Tayanch iboralar 
 
 
Ta’lim vositalari ularning tarix o’qitishdagi ahamiyati, o’quv metodik 
komplekslarning tuzilishi, texnik vositalar. 
O’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitishda qo’llaniladigan matnlarga — darslik 
matni, tarixiy hujjatlar, asarlari, ilmiy-ommabop va badiiy, tarixiy adabiyotlar va boshqalar kiradi. 
Bosma matnlar o’quvchilar tarixiy bilimlarining asosiy manbai bo’lgani kabi o’qituvchining bilim 
manbaini, bayonining asosini tashkil etadi. Tabiiydirki, o’qituvchi shu manbalardan to’g’ri va 
unumli foydalangan taqdirdagina, uning bayoni didaktika talablariga, umuman o’rta ta'lim va 
o’rta maxsus ta'lim tizimida tarix ta'limining yuksak talablariga javob berishi, o’qituvchi 
bayonining o’quvchilarga tushunarli, mazmundor, maroqli, g’oyaviy va ilmiy jihatdan ishonarli, 
obrazli va ta'sirli bo’lishi mumkin. Shuningdek matnlar ustida ishlash o’quvchilar bilimini 
kengaytiradi, tarixiy fakt va hodisalarning mohiyatini, ularning qonuniyatlarini chuqurroq 
tushunib olishlariga yordam beradi, ilmiy dunyoqarashi shakllanadi, tarixiy fikrlash hosil bo’ladi, 
ular tarixiy voqealarga nuqtai nazardan baho berishga o’rganadilar. O’rta ta'lim va o’rta maxsus 
ta'lim tizimida o’quvchilari har xil matnlar ustida ishlab mustaqil ish olib borish malakasini hosil 
qiladilar va tarixiy tadqiqot ishlarining dastlabki metodlari bilan amaliy ravishda tanishadilar. 
O’qituvchi o’zining bayonini boshqa matnlar asosida yanada aniqlashtiradi va boyitadi. Darslik 
matni o’quvchilarning darsda va darsdan tashqari tarixni o’rganish, o’zlashtirish va uni esda 
saqlab qolishining, bilish faoliyatining, ijodiy izlanish ishlarini olib borishning muhim manbaidir. 
Matn va ulardagi savollar, topshiriqlar tarix kursining mazmunini ijodiy o’zlashtirishga va olingan 
bilimlarni hayotda qo’llashga o’rgatadi. 
Darslik matni ustidagi ishlar o’quv materialini o’zlashtirish va uni esda saqlab qolish o’quv 
matnini tahlil qilish va undan tarixiy voqea, hodisalarning muhim belgilarini topish, faktik 
materiallarni va tarixiy faktlarning muhim belgilarini bir-biriga taqqoslash, aniqlashtirish va 
umumlashtirish kabi turli xil maqsadlarda olib boriladi. Shuningdeq tekst ustida ishlashda 
xronologiyani tayyor tarixiy tushunchalar ta'rifini o’zlashtirish va ularni mustaqil aniqlash, 
darslikda bayon qilingan voqea va hodisalarning rivojlanishini kuzatib borish, aniq tarixiy faktlar 
va statistik ma'lumotlar asosida ijtimoiy rivojlanish an'analarini bilib olish, mahalliy, vaqtli, 
sabab-natijali va tarixiy aloqalarning qonuniyatlarini o’zlashtirish va aniqlashtirish, lug’at 
ishlarini mazmunli va suratli rejalar, jadvallar tuzish va boshqa shu kabi uncha murakkab 
bo’lmagan yozuv va grafika ishlarini olib borish, matn ustida programmalashgan ta'lim 
elementlarini amalga oshirish kabi vazifalar ham ko’zda tutiladi. 
2.O’quv metodik komplekslar mazmuni. 



Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin