Pedagogika oliy o’quv yurtlari bakalavr yo’nalishida tahsil
olayotgan talabalar uchun “Tarix o’qitish metodikasi” fanidan o’quv –
uslubiy majmua.
Navoiy, 2011.
Uslubiy qo’llanmada “Tarix o’qitish metodikasi” fanining mazmun-
mohiyatini talaba yoshlarga yetkazish, fanning maqsad va vazifalaridan
kelib chiqqan holda talabalar bilimini oshirish, fanning sir-asrorlarini
talabalar ongiga singdirish bo’yicha o’qitishning texnologiyalashtirish
qoidalari, usul, vositalaridan foydalanishning ta’lim texnologiyasi
keltirilgan.
O’zbekiston bugun xalqaro hamjimiyatning va global moliyaviy-
iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanayotgan bir davrda,
uning iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, sohalarni texnik va
texnologik qayta jihozlash va jahon standartlariga mos mahsulotlar
ishlab chiqarish uchun mutaxassis kadrlarni yangi talablar va uslublar
asosida tayyorlash, ularga zamonaviy bilimlarni berish dolzarb
masalalardan biridir. Shunday ekan, O’zbekiston yosh, rivojlanayotgan
mamlakatlar ichida birinchilardan bo’lib ta’lim tizimini isloh qilishga
kirishdi va Respublikamizda kadrlar tayyorlash “Milliy dastur”i va
“Ta’lim to’g’risidagi” qonunlar qabul qilindi.
“Ta’lim to’g’risida”gi qonun, Prezidentimizning “O’zbekiston XXI
asrga intilmoqda” kitobi, Oliy majlisning birinchi sessiyasida qilgan
ma’ruzalaridan, shuningdek, O’zbekiston Respublikasi PF dan kelib
chiqib, respublikamizda kasblar yo’nalishi bo’yicha mutaxassis kadrlar
tayyorlashga alohida e’tibor berilmoqda.
Bu sohada, ya’ni kadrlar tayyorlash va ta’lim samaradorligini
oshirishda bir qator loyihalar, iqtisodiy ta’lim islohotlari amalga
Dostları ilə paylaş: