Islom karimov mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo‘lida


O‘ylaymanki, bugun o‘zimizga bir savolni berish har tomonlama



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/33
tarix03.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#126307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
c2dSQ8RFGJYn36M9Quu1 (2)

O‘ylaymanki, bugun o‘zimizga bir savolni berish har tomonlama 
mantiqiy bo‘ladi. Ya’ni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal 
rivojlantirishni ustuvor yo‘nalish sifatida belgilash nima bilan, qanday 


www.ziyouz.com
kutubxonasi 
9
omil va sabablar bilan bog‘liq edi? 
Buning 
sabablarini 
qisqacha 
bayon 
etadigan 
bo‘lsak, 
ular 
quyidagilardan iborat. 
Birinchidan, jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiyotning muhim 
tarkibini tashkil qiluvchi tarmoq bo‘lgan kichik biznes ichki bozorni zarur 
tovar va xizmatlar bilan to‘ldirishning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. 
Kichik biznes nafaqat iqtisodiyotdagi ma’lum bir bo‘shliqlarni 
to‘ldiradi, balki uni diversifikatsiya qilish va barqaror sur’atlar bilan 
rivojlantirishni ta’minlashda o‘ta muhim rol o‘ynaydi. 
Tadbirkorlik biznesi aholi bandligi va daromadining o‘sishini 
ta’minlashda, ayniqsa, bizning sharoitda qanday muhim ahamiyat kasb 
etishini baholashning o‘zi qiyin. Quyidagi raqamlarni e’tiborga oladigan 
bo‘lsak, shunday xulosa chiqarish mumkin. 
Agar 2005-2011 yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotida 5 milliondan 
ortiq yangi ish o‘rni tashkil etilgan bo‘lsa, ularning 60 foizdan ortig‘i 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hissasiga to‘g‘ri keladi. Buning 
natijasida hozirgi vaqtda mamlakatimizda ish bilan band bo‘lgan jami 
aholining 75 foizdan ko‘prog‘i ushbu sohada mehnat qilmoqda. 
O‘ylaymanki, ana shu raqamlarning o‘ziyoq ko‘p narsani anglatadi va 
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ishonchli yo‘ldan borayotganidan dalolat 
beradi. 
Ikkinchidan, tuzilishiga ko‘ra ixcham, qarorlar qabul qilishda tezkor 
va harakatchan, yangi tartib-qoidalarni qisqa muddatda o‘zlashtiradigan 
kichik biznes jahon va mintaqalar bozorlaridagi talab va kon’yunktura 
o‘zgarishlariga ancha tez moslashadi. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin