T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/58
tarix06.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#126504
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58
3577304e52555970df4fdc94aadafd18 Biznes etiket

Tayanch iboralar: 
kostyum, bluzka, yubka, oyoq kiyim, taqinchoq, duxi, pomada 
Nazorat savollari: 
 
1. Ayol biznesmenlar kostyumiga qanday talablar qo’yiladi va u nima 
bilan kiyiladi? 
2. Biznesmen ayollarning uzun ko’ylaklariga qanday talablar qo’yiladi? 
3. Yubka va uzun ko’ylakni kiyishga qanday talablar qo’yiladi? 
4. Ayol biznesmenlar uchun qanday oyoq kiyimi tavsiya qilinadi? 
5. Biznesmen ayollar taqinchog’i qanday ahamiyatga ega va unga 
qanday talablar qo’yiladi? 
6. Ayol biznesmenlar duxisi va labiga surtiladigan pomadasi qanday 
bo’lishi kerak? 
4.5.Tantanali vaziyatlarda kiyiladigan biznsmenlar kiyimlari 
4.5.1. Erkak biznesmen kiyimi 
 
Biznesmenlarning kundalik ish kiyimi tantanali vaziyatlarda 
kiyiladigan kiyimdan farq qiladi, chunki tantanali qabullarga asosan 
maxsus taklifnomalar bo’yicha taklif qilinadi. Ularga taklif qilinayotgan 


30 
tadbirlarga kiyib kelish kiyimiga qo’yiladigan talablar ko’rsatiladi. Agar 
siz taklif bo’yicha tantanada ishtirok etishga rozilik bergan bo’lsangiz, 
unda ko’rsatilgan talablarga ko’ra kiyinib borishingiz kerak. Agar 
taklifnomada ingliz tilida “black tie” iboralari yozilgan bo’lsa, u rasmiy 
galstukda yoki smokingda kelish kerakligini bildiradi. 
Agar erkak biznesmenlar Yevropa mamlakatlarida “Kechqurungi 
kokteyl yoki kechki ovqatga” taklif qilinsa, odatda unga qora kostyum, bir 
xil rangli (asosan oq) ko’ylak, galstuk, yarqiragan holgacha tozalangan 
qora tufli kiyishib kelishadi. 
Agar erkak biznesmen “Smokingli rasmiy qabul” ga taklif qilingan 
bo’lsa, smoking (qora movutdan tikilgan, qaytarma shoyi yoqali kostyum), 
podtyajkali kamarsiz shimda va yarqiragan holgacha tozalangan qora 
tuflida yoki botinkada kelishi lozim. 
Agar erkak biznesmen kishi “Frakli jiddiy rasmiy qabul” ga taklif 
qilingan bo’lsa, u frakda (oldingi etagi qisqa, orqa etagi uzun erkak 
kiyimi), tik yoqali va zaponkali kraxmallangan oq ko’ylakda, pike (g’ijim 
qilib to’qilgan matodan tayyorlangan) galstukda, yarqiragan holgacha 
tozalangan qora tuflida yoki botinkada hamda oq qo’lqopda kelishlari 
shart. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin