T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/58
tarix06.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#126504
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58
3577304e52555970df4fdc94aadafd18 Biznes etiket

Tayanch iboralar: 
tanlash; samimiylik; xayrixohlik; rostgo’ylik; so’zining ustidan chiqish; 
vaqtida bajarish; insoniy fazilat talablari; xushmuomalalik; qabulxona;


39 
madaniyatli rahbar; kechirim so’rash; ochiq chehra; stol; telefon; qog’oz; 
baland ovoz; tilaklar. 
Nazorat savollari: 
1. Rahbar xodimlar qaysi fazilatlariga qarab tanlanadi? 
2. Rahbar etiketi deganda nimani tushunasiz? 
3. Muomala qilish qoidalariga 
rioya qiladigan 
va 
muomala 
vositalaridan to’g’ri foydalanadigan hamda faoliyati hurmatsizlikka
sabr–toqatsizlikka va beodoblikka asoslangan xodimlar rahbarligida 
ishlashning qanday salbiy tomonlari bor? 
4. Rahbarning xayrxohligi, rostgo’yligi, o’z so’zi ustidan chiqa olishi, 
vaqtida bajarishi deganda nimani tushunasiz? 
5. Rahbarga, uning xayrxohligi, rostgo’yligi, o’z so’zining ustidan 
chiqishi va vaqtida bajarishidan tashqari, yana qanday talablar 
qo’yiladi? 
6. Rahbar xodimlarning huzuriga tashrif buyuruvchilarni qabul qilish 
madaniyati nimalarni o’z ichiga oladi? 
7. Madaniyatli rahbar tashrif buyuruvchilarni qanday qilib kutib olishi, 
suhbatlashishi va xayirlashishi kerak? 
6. Biznes korxonalarida so’zlashishga qo’yiladigan etik talablar 
6.1. Muloqot vositalari
 
Hayotda har kuni ko’chada, jamoat joylarida, hatto o’quv 
muassasalarida va oilada hamda xizmat ko’rsatish korxonalarida qo’pol 
va dag’al, hatto xotin–qizlarga nisbatan surbetlarcha munosabat qilishning 
guvohi bo’lamiz. Odamlarning bir–birlariga nisbatan bunday qo’pol 
muloqot qilishi ular ma’naviy saviyasining pastligi va munosabatga 
tushish vositalaridan to’g’ri foydalanaolmasliklarining natijasidir. 
Odamlar o’rtasidagi muloqot qoidalarining asosini so’zlar, ovoz 
ohangi, bir–birlariga qarab boqish va imo–ishoralar tashkil qiladi. Ular 
maxsus adabiyotlarda insoniy munosabat vositalari yoki belgisi deb 
nomlanadi. Odamlarning bir–birlariga qarab-boqishi, so’zlarni tanlab 
ishlatishi va talaffuz qilish ohangiga qarab ular to’g’risida juda ham ko’p 
narsani bilib olish mumkin. 
So’z munosabatga tushish vositalarining eng muhimi hisoblanadi. 
So’zlar orqali odamlar bir–birlariga jipslashadi, jamiyat va odamlar 
faoliyati boshqariladi, kerakli ma’lumotlar olinadi, ta’lim tarbiya ishlari 
amalga oshiriladi. So’z orqali bir–birlariga bo’lgan munosabatlarini


40 
shodu–hurramliklarini, his-tuyg’ularini, fikr–takliflarini, yo’l–yo’riqlarini 
dunyoqarashlarini va hatti – harkatlarini ifodalaydi. 
O’zaro munosabatning asosiy vositasi sifatida biznesmenlar uchun 
so’zning ahamiyati juda ham katta. So’zlarning ahamiyati ularni tanlab 
talaffuz qilish bilan bevosita bog’liq. Ba’zi bir so’zlar juda ham yoqimli, 
nazokatli, muloyim, suhbatdoshning qo’log’iga yoqadigan va kayfiyatini 
ko’taradigan bo’ladi; ba’zilari esa, qo’pol, dag’al, ko’ngilni qoldiradigan, 
kayfiyatni buzadigan bo’lishi mumkin. Shu sababli ham madaniy biznes 
munosabatlarida aytiladigan so’zlarning ma’nosiga, yoqimli so’zlarni 
tanlab ishlatishga, ularning mazmunini yetkazish ohangiga, qarab–
boqishiga, yuzi va ko’zining holatiga, imo–ishoralarga katta ahamiyat 
berish talab qilinadi, chunki yomon so’z, imo–ishoralar va qarab–boqishlar 
muloqot ishtirokchilarining ko’nglini “jarohatlashi” ochiq chehra va
nazokat bilan aytilgan so’zlar esa suhbatdosh ko’nglini “davolash” va 
kayfiyatini yaxshilash xususiyatiga ega. 
Biznesmenlarning bir–birlari va hamkorlari bilan qiladigan 
munosabatlari fikrning ravon bayon etilishini, qo’llanishdan chiqgan 
ko’cha so’zlarini hamda suhbatdosh ko’nglini ranjitadigan va behayo 
iboralarni ishlatmaslikni, nojo’ya gaplarni gapirmaslikni, sheva so’zlarni 
ishlatmaslikni, o’z fikrlarini faqat adabiy tilda bayon etishni hamda 
so’zlashishning neytral uslublaridan foydalanishni talab qiladi. Bundan 
tashqari o’zaro va rasman munosabatlarda suhbatdoshning lavozimini
yoshini, jinsini, dinini va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda 
muloqot qilish lozim. 
Muomala 
qilish 
madaniyati 
biznesmenlardan 
bir–birlarining 
fikrlarini buzmasdan oxirigacha tinglashni va tinglash davrida 
chehrasining ochiq bo’lishini va barcha hatti–harakati bilan suhbatdoshga 
bo’lgan hurmatini o’zining chehrasida va hatti–harakatlarida ifodalab 
turishlarini taqozo qiladi.
Ma’naviy madaniyatli va ma’rifatli biznesmenlar hamda hamkorlar 
o’rtasidagi muloqot tarzi butun bir san’at hisoblanadi. Shuning uchun 
tomonlarning muomala qilishiga qarab suhbatdoshning madaniyati, 
saviyasi to’g’risida aniq ma’lumotlar olish mumkin. Madaniyatli va yuqori 
saviyali biznesmenlar o’rtasida bo’ladigan muloqot boshqa tinglovchilar 
uchun katta maktab bo’ladi desa xato bo’lmaydi. 
So’zlardan tashkil topgan gaplar mazmuni muloqot davrida 
suhbatdoshga har xil (yuqori, past, goho yuqori, goho past, baqiriq, uzik–
uzik) ohanglar yordamida suhbatdoshga yetkaziladi. Biznesmenlarning 
suhbatlashishida, bahslashishida, savollarga javob berishida, birovlarning 


41 
fikrini mulohaza qilishida va tarbiyaviy jarayonlarni olib borishida ovoz 
ohangi katta ahamiyatga ega, chunki to’g’ri va joyida ishlatilgan so’zlar 
ham jahl bilan, mensimay, ya’ni kamsitib yoki qo’pol holda talaffuz 
qilinganda dilga ozor beradi, suhbatdosh va boshqa muloqot 
ishtirokchilarida yomon taassurot qoldiradi. Ohangi me’yorida talaffuz 
qilingan yoqimli va to’g’ri so’zlar suhbatdoshga dalda beradi, kayfiyatni 
ko’taradi, ya’ni qo’llab–quvvatlash siriga ega. Shu boisdan ham muloqot 
qilish davrida gapiriladigan gaplar ohangiga katta e’tibor berish lozim. 
Biznesmenlarning bir–birlari va rahbar xodimlarning qo’l ostidagi 
kishilar bilan muloqotga tushishida qarab–boqishlar ham juda katta 
ahamiyatga ega, chunki ochiq tabassumli chehra va xushmuomalalik 
suhbatdosh ko’nglining ochiqligidan va sizga nisbatan hyech qanday 
g’arazi yo’qligidan darak beradi. Yomon qarashlar va xumraygan chehra 
odamning badjahlligi, tajangligi va siz bilan gaplashish hohishi yo’qligi 
belgisi hisoblanadi. 
Imo–ishoralar ham biznesmenlarning hamkasblari, hamkorlari va 
boshqa kishilar bilan munosabatga tushishda katta ahamiyatga ega. Imo–
ishoralar odamlar his–tuyg’ularining, fikr va kayfiyatlarining ovozsiz “tili” 
deb ataladi. Ular ham ochiq ko’ngilli, xafa qiladigan, chiroyli yoki qo’pol 
bo’lishi, moyillik yoki xushko’rmaslikni keltirib chiqarishi mumkin. 
Masalan, muloqot davrida imo-ishoralardan ko’p foydalanish odamning 
hovliqmaligi, o’zini tutaolmasligi, tajang va yig’noq fikrsizligining belgisi 
hisoblanadi. Xuddi shuningdek muloqot davrida gavdaning holatiga ham 
e’tibor berish, uning g’ayriixtiyoriy holatda bo’lishiga yo’l quymaslik, 
qashinmaslik, hatto oilada ham ochiq esnamaslik, muloqot joylarida 
tuplamaslik, nos yoki sigaret chekmaslik kerak, chunki bunday hatti–
harakatlar o’ta madaniyatsizlik va boshqalarga nisbatan hurmatsizlik 
belgisi hisoblanadi. Shu boisdan biznesmenlar muloqot vositalarining 
ushbu vositalaridan juda ham ehtiyotlik bilan foydalanishlari kerak. 
Xatosiz, kerakli joyida, to’g’ri va adabiy tilda talaffuz qilingan 
so’zlar muloqotni yana ham zebi–ziynatli, tushunarli va ta’sirli qiladi. 
Biznes, korxonalarida bo’ladigan muloqotni quyidagilarga bo’lish 
mumkin: 
- binesmenlarning bir–birlari bilan muloqoti; 
- xizmat iste’molchilarining biznesmenlar bilan muloqoti; 
- biznesmenlar va biznes korxona rahbarlari o’rtasidagi muloqot; 
- ushbu korxona biznesmenlarining boshqa biznesmenlar bilan 
muloqoti. 


42 
Kim kim bilan muloqotga tushishidan qat’iy nazar, ikki tomon ham 
muloqot vositalaridan to’g’ri foydalanishlari va muloqot davrida 
umuminsoniy munosabat qoidalariga itoat qilishlari shart. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin