T. Xudayshukurov Biznes – etiket



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/58
tarix06.05.2023
ölçüsü1 Mb.
#126504
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58
3577304e52555970df4fdc94aadafd18 Biznes etiket

Tayanch iboralar: 
tanlash; etik talablar; e’tibordan chetda qoldirmaslik; yaxshi xislat; 
narxi ko’rsatilgan qog’oz; korxona mahsuloti; milliy suvenirlar; o’rov 
materiallar rangi; gul, gortenziya va xrizantema. 
Nazorat savollari: 
1. Sovg’alar qaysi vaqtlarda berilishi mumkin? 
2. Sovg’ani tanlashda qaysi talablarga rioya qilinishi kerak? 
3. Sovg’ani topshirishda xodimning qaysi xislatlari ta’kidlanishi kerak va 
nima uchun? 
4. Markaziy Osiyo respublikalarining mahalliy xalqlariga qanday xislatlar 
xos? 
5. Chet ellik tanishlar va hamkorlar uchun sovg’a tanlashda nimalarga 
e’tibor berilishi kerak? 
6. Norasmiy va rasmiy uchrashuvlarda sovg’alar qanday topshiriladi? 
7. Qaysi mamlakatlarda qaysi ranglar mashhur hisoblanadi? 
8. Uyga mehmonchilikka borganda eng yaxshi sovg’a turini bilasizmi? 
9. Gul sovg’a sifatida qanday holda va kimga topshiriladi? 
9.2. Biznesmenlar vizit kartochkasi va ulardan foydalanish 
 
Qachondir kimlar tomonidan birinchi marta o’ylab topilgan va 
amalga kiritilgan vizit kartochkasi bugungi kunda biznesmenlarning asosiy 
atributlaridan biriga aylangan. Vizit kartochkalari etiket qoidalariga ko’ra 
qalin toza oq qog’ozda tayyorlanadi. Ularning o’lchami va shrifti qat’iy 
belgilanmaydi va joylarda shakllangan tajribaga bog’liq bo’ladi. Odatda 
vizit kartochkalari ularni saqlaydigan klyasserlarning o’lchamiga qarab 


70 
tayyorlanadi: erkaklar uchun mo’ljallangan klyasserlar o’lchami 90x50 
mm, ayol kishilar uchun – 80x50 mm bo’ladi. Shu boisdan ham vizit 
kartochkalar shu o’lchamlarda tayyorlanadi. 
Vizit kartochkada u sohibining ismi–sharifi, ilmiy unvoni, lavozimi, 
firma yoki tashkilotning to’liq manzili, telefon, faks va E–mail nomerlari 
to’liq ko’rsatiladi. Chet mamlakatlarga chiqishda vizit kartochkasi 
biznesmen bormoqchi bo’lgan mamlakat xalqining davlat tilida yoki shu 
mamlakatda keng tarqalgan chet tillardan birida yoziladi. 
Hamkorlar bilan muloqot qilishda vizit kartochkalarining ahamiyati 
juda ham katta, chunki ular muloqot davrida hamkorning ismi–sharifini 
to’g’ri talaffuz qilishda hamda uning lavozimini va tutgan o’rnini hisobga 
olgan holda murojaat qilishga imkon beradi. 
Esdan chiqmasinki, vizit kartochkalari birinchi uchrashuvdayoq yoki 
tanishuvdayoq, turli konferensiya va seminarlarda ham ularning 
boshlanishidan oldin shaxsan beriladi. Tabiiyki, vizit kartochkasini olgan 
kishi javob shaklida o’zining vizit kartochkasini beradi. Halqaro 
forumlarda (syezd, kongress, konferensiya, seminar) vizit kartochkalarini 
olishda bir narsaga e’tibor berish kerakki, agar kartochkani sizga berishda 
ikki qo’l bilan uzatishsa, siz ham uni ikki qo’l bilan qabul qilishingiz 
kerak, agar bir qo’l bilan uzatilsa – bir qo’l bilan. Yana shuni esdan 
chiqarmaslik kerakki, amaldagi xalqaro etiket qoidalariga ko’ra javob 
shaklida olingan vizit kartochka birdaniga, o’qilmasdan, cho’ntakka, 
ayniqsa ichki cho’ntakka, solinmasligi kerak va uni bergan kishi yonida 
undagi yozuv bilan tanishib chiqib, kartochka sohibiga o’zining 
minnatdorchiligini bildirish lozim. 
Yuqorida ko’rsatilgan vaziyatlardan tashqari vizit kartochkalaridan 
xalqaro tajribada qo’yidagi maqsadlarda foydalaniladi: tabriklashda, javob 
sifatida minnatdorchilik bildirishda, taklifnoma sifatida, guldastalar va 
sovg’alarni topshirishda, kitob, jurnal va gazeta ko’rgazmalariga hamda 
teatr va kinoteatrlarga taklif qilishda. Bundan tashqari, vizit kartochkalari 
musiqa va adabiy kechalarga, tennis, shaxmat, golf kabi sport 
uchrashuvlariga hamda do’stlik kechalariga ham taklif qilish uchun 
foydalaniladi. Tabriklashda, taklif qilishda, javob sifatida minnatdorchilik 
bildirishda, guldastalar va sovg’alarni topshirishda, madaniy maskanlarga 
(teatr, kinoteatr, badiiy kechalar), sport bilan bog’liq uchrashuvlarga taklif 
qilishda vizit kartochkalari uchinchi shaxslar orqali yuborilishi mumkin. 
Bunday hollarda vizit kartochkalarining chap tomonining pastida lotin 
alfavitida qalam bilan ma’lum tadbirga mo’ljallangan yozuv qilinadi. 
Misol uchun, p.r. – minnatdorchilik bildirish, p.f. – tabriklash va 


71 
boshqalar. Agar siz r.s.v.p. harflari yozilgan vizit kartochkasini olgan 
bo’lsangiz, bunday yozuv “iltimos, javob berish kerak” degan ma’noni 
bildiradi. Olingan vizit kartochkasiga maxsus pochta kartochkasi, xat 
orqali yoki “p.r.” harflari yozilgan vizit kartochkasi yoki telefon orqali 24 
soat ichida javob berilishi kerak. Boshqa maqsadlarda yuborish kerak 
bo’lgan vizit kartochkalarida qalam bilan maqsad yoziladi: masalan, 
“Yangi yilda eng yaxshi tilaklar bilan” yoki “Yaxshi tilaklar bilan esdalik 
uchun”. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin