Tayanch iboralar:
ijobiy taassurot, imij, imijmeyker.
Nazorat savollari:
1. Nima sababdan biznesmenlar o’zlari to’g’risida ijobiy taassurot
qoldirish va mavqyeini oshirish uchun harakat qilishlari kerak?
2. Imij iborasi qaysi tildan olingan va uning tom va keng ma’nosi
qanday?
3. Imijni shakllantirishda reklama vositasining va tanish– bilishlarning
qanday ahamiyati bor?
4. Imijmeyker qanday ishlar bilan shug’ullanadi?
3.2. Ijobiy taassurot qoldirish yo’llari
Biznes bilan shug’ullanadigan va shug’ullanmoqchi bo’lgan kishilar
uchun hamkorlari, suhbatdoshlari va halq fikrida ijobiy tasavvur qoldirish
juda ham katta ahamiyatga ega. Biznesmen to’g’risidagi birinchi tasavvur
qanday bo’lsa, uni ishi shunday ketadi: ijobiy bo’lsa - samarali, salbiy
bo’lsa - samarasiz, chunki har qanday biznesmenning imiji o’zining
hamkorlari va suhbatdoshlari fikrida qoldirgan taassurot bilan bevosita
bog’liq bo’ladi. Biznesmenlar to’g’risida birinchi tasavvurning
shakllanishi uchun atigi 10 – 15 sek kifoya qiladi. Agar ana shu vaqt ichida
biznesmen o’zi to’g’risida ijobiy tasavvur qoldirgan bo’lsa, uning imiji
shakllanib va boyib boradi va sohibi uchun xizmat qiladi. Ana shu 15 sek
davomida shakllangan salbiy tasavvurni ijobiyga aylantirish uchun bir umr
ham yetmasligi mumkin. Shu boisdan ham ijobiy tasavvur qoldirish uchun
amalda qator qoidalarga itoat qilish lozim. Ular quyidagilardan iborat:
hamkorlar yoki boshqa suhbatdoshlar bilan birinchi marta
uchrashganda aytiladigan so’zlarning eng kamida 10 – 15 tasi juda
ham salmoqli bo’lishi, ishonchli va ravon talaffuz qilinishi lozim.
Uchrashuvning boshlanishidayoq minnatdorchilik bildirish ham
suhbatdosh fikrida yaxshi tasavvur qoldiradi, uning ko’nglini
“yumshatadi” va suhbatni xushmuomalalik bilan olib borishga
chorlaydi. Minnatdorchilik ham yaxshi so’zlar bilan adabiy tilda
izhor etilishi lozim. Minnatdorchilik turli shakllarda bildirilishi
mumkin, masalan, “Men bilan uchrashish uchun qimmatli
vaqtingizni ajratganingiz uchun sizga katta minnatdorchilik
bildiraman”, yoki “Siz bilan uchrashganimdan juda ham
16
xursandman”, yoki hamkor tanish bo’lsa, “Yana ko’rishganimdan
juda ham xursandman” va hokazo;
suhbat o’tkazilayotgan joyda suhbatdosh hamkordan tashqari boshqa
kishilar ham bo’lishi mumkin. Bunday vaziyatda siz nafaqat
suhbatdoshingizda, boshqa kishilar fikrida ham o’zingiz to’g’risida
ijobiy tasavvur qoldirishga harakat qilishingiz kerak. Suhbatdoshda
va boshqalar fikrida yaxshi tasavvur qoldirishning eng samarali
usullaridan yana biri ochiq chehra bilan muloqotga tushishdir.
Shuning uchun ham salomlashish, hol–ahvol so’rashda va
minnatdorchilik bildirishda suhbatdoshning ko’ziga qarab, kulib
gapirish lozim. Tabassum bilan salmoqli va ma’noli so’zlarni tanlab,
kulib gapirish biznesmenning dadil va serg’ayratligidan darak beradi.
Agar boshqalar sizning so’zlaringizni eshitmasa ham chehrangizdagi
porlab turgan tabassumga albatta e’tibor berishadi;
dadil harakat qiladigan va serg’ayrat kishilar odamlarning
aksariyatiga juda ham yoqadi. Shu boisdan ham ijobiy tasavvur
qoldirishda shinam qadam tashlab yurishning ham ahamiyati katta.
Binoga yoki ofisga kirasizmi, yoki birovni qarshi olasizmi,
qadamlarni chiroyli bosish, jonli va serg’ayrat harakat qilish lozim.
Ish davomida juda charchagan bo’lsangiz ham uni boshqalarga
bildirmang, ishning oxirida ham serg’ayrat va jonli harakat qilishga
harakat qiling. Hamkasblar, hamkorlar va boshqalar ham bu
harakatingizni albatta ijobiy baholaydi;
biznesmen to’g’risida ijobiy tasavvurning shakllanishida uning tashqi
qiyofasi eng katta ahamiyatga ega. Biznesmen to’g’risidagi umumiy
tasavvurning deyarli 80 – 90 % uning tashqi qiyofasining hissasiga
to’g’ri keladi, chunki soqol–mo’ylovlarining olinishiga, sochlarining
taralishiga, kiyimiga, uning tozaligiga va kiyilishiga katta ahamiyat
beriladi. Etiket qoidalariga ko’ra biznesmen soqol–mo’ylovlari
qirtishlab, sochlari esa qisqa olingan, taralishi yuz tuzilishiga mos
kelgan, taqinchoqlari (soat, bilaguzuklarlari va uzuklari) o’ziga
yarashgan bo’lishi shart. Ayol biznesmenlarning taqinchoqlari rangi
va kattaligi bo’yicha boshqalarning diqqatini tortmaydigan va
husniga husn qo’shadigan bo’lishi lozim.
Ijobiy tasavvur qoldirishda oyoq kiyimlarining ham ahamiyati katta.
Tuflilar yarqiragan holatgacha tozalangan bo’lib, xuddi yangiga o’xshab
turgan bo’lishi kerak. Erkaklar paypog’i boldirni yopib turadigan, ayollar
kalgotkalari esa yirtilmagan bo’lishi shart.
|