27
Shaxrixon tumani filiali o`zining asosiy missiyasini belgiladi: o`z mijozlariga ularning
biznesi talablariga javob beruvchi keng ko`lamdagi bank
xizmatlarini professional
taqdim etish orqali respublikada xususiy tadbirkorlikni mustahkamlashga
ko`maklashish.
Missiyaning amalga oshirilishi va bank faoliyatining samaradorligini o`sishi
biznes-jarayonlarni takomillashtirish, yangi sifatli texnologik bazani shakllantirish, har
bir xodimning o`z faoliyati natijasiga bo`lgan mas’uliyatini
oshirish hamda yangi
boshqaruv va rag`batlantirish yechimlarini amalga tadbiq qilishni talab qiladi.
O`z missiyasini bajarish uchun Bank o`zining strategik maqsadi sifatida
risklarning maqbul darajasini saqlagan holda biznesning qiymatini oshirish, shaffoflik,
barqarorlik va ishonchlilikni ta’minlashni belgilab oldi.
Yuqorida qayd etilgan
maqsadlarga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilangan:
Biznesni rivojlantirishning sifat ko`rsatkichlarini oshirish –bank faoliyatini
quyidagi vazifalarni bajarish uchun qayta yo`naltirish:
mijozlarga xizmat ko`rsatishda segmentga yo`naltirilgan yondashuv;
ayni vaqtning o`zida bir necha turdagi xizmatlar ko`rsatishni kengaytirish;
biznes-jarayonlarni takomillashtirish;
risklarni boshqarish tizimi samaradorligini oshirish;
korporativ madaniyatni takomillashtirish.
Samaradorlikning
asosiy
moliyaviy
ko`rsatkichlariga
erishish
–
Samaradorlikning quyidagi asosiy moliyaviy ko`rsatkichlarini davomiy o`sishini
ta’minlash
va saqlab turish, o`z navbatida bankning kelgusidagi rivojlanish
salohiyatini amalga oshirish imkonini beradi:
kapitalning yetarlilik darajasi – kamida 14 foiz;
Leveraj (o`z mablag`lari/jami aktivlar) – kamida 8 foiz;
xususiy kapitalning rentabellik koeffitsienti – kamida 20 foiz;
dividendlar darajasi –bir aktsiyaga kamida 20 foiz;
aktivlar o`rtacha qiymatining rentabellik koeffitsienti – kamida 2 foiz;
28
sof foizli marja – kamida 8 foiz.
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish –
xalqaro moliya
institutlari bilan hamkorlik qilish ustuvor strategik yo`nalishlardan biri bo`lib, bankning
institutsional rivojlanishi,
mijozlarga yuqori sifatli, aksariyat hollarda eksklyuziv
mahsulotlarning
taklif qilinishi, biznes yuritishning yuqori standartlarini hamda
bankning ishchanlik obro`sini shaffofligini saqlab turilishiga ta’sir ko`rsatadi.
Dostları ilə paylaş: