12
Populyatsiyalar
ekologiyasining
predmeti
populyatsiyaning
tuzilishi,
dinamikasini, yoshi va jinsini o‘rganishdan iborat. Chunki, ular hosildorlik va
ko‘payish xarakterini ko‘rsatadi, bu esa yashash sharoitiga moslashish o‘lchamini
yuzaga keltiradi. Populyatsiyalar ichida organizmning o‘sishi, rivojlanishi tashqi
muhitga qarab o‘zgarib boradi. Populyatsiyada absolyut va nisiy zichliklar ajratilib,
absolyut zichlik ma’lum maydon birligiga to‘g‘ri keluvchi populyatsiyaning
miqdori bo‘lsa, nisbiy zichlik ma’lum maydon birligidagi individlar sonini
bildiradi. Nisbiy zichlik orqali populyatsiyaning ko‘payishiyoki kamayishi
haqidagi ma’lumotlar o‘rganiladi. Populyatsiyaning zichligi vaqt davomida
o‘zgarib turadi. Har qanday o‘zgarishning quyi va yuqori chegaralari, shuningdek
o‘rtachao‘lchamlari bo‘ladi. Populyatsiya zichliining yuqori chegarasi individlar
sonining ortib ketishi va o‘z-o‘zini cheklashi bilan bog‘langan, quyi chegarasi esa
populyatsiyaning kelajakda yashay olishiyoki o‘limga yuz tutishi, yani minimal
o‘lchamga tushib qolishi bilan belgilanadi. Har bir popuyatsiya ma’lum sharoitda
o‘rtacha zichlikka ega bo‘ladi, bunda barcha hayotiy jarayonlar samarali borib,
uning natijasi populyatsiyaning yuqori mahsuldorligi, hayotchanligi va
boshqalarda ko‘rinadi.
Populyatsiyalar ekologiyasi
Ekologlar populyatsiyaning o`sishi ustida tadqiqotlar olib borishdi. Berilgan
ma`lumotlarga ko`ra, populyatsiya soni va o`sishi iqlim sharoitlariga bog`liq.
Populyatsiya sonini o`sishida jinslar nisbati muhim rol o`ynar ekan.
Bugungi kunda muhim muammolardan biri ayrim populyatsiyalarda individlar
sonini aniqlashning murakkabligidir. Masalan: yovvoyi quyonlar populyatsiyada
hamma individlarning yer ustiga chiqmasligi ular sonini aniqlashda qiyinchilik
tug`diradi. Chunki quyonlarning ayrimlarigina oziq-ovqat uchun yeryuziga
chiqadi.
Populytsiya o`sishi va ko`payishida suv, ozuqaning kamligi, hududlarining
qisqarib borishi va ba`zi resurslarning borligi, ba`zi resurslarning yetishmasligi
cheklovchi omil vazifasini bajaradi.
Ma’lumki, yashil o‘simliklar hayot uchun zarur bo‘lgan kimyoviy moddalarni
olib, fotosintez jarayonida organik birikmalar to‘playdi va quyosh energiyasi
kimyoviy energiyaga aylanadi. Ular hayvonlarga ozuqa beradigan tirik moddaning
asosiy qismini tashkil etadi. Havo tarkibidagi kislorod va karbonat angidrid
gazlarining miqdorini tiklaydi va suvning aylanish jarayonida qatnashadi. Bunday
organizmlar avtotrof organizmlar deyiladi. O‘simliklar va boshqa jonivorlar bilan
oziqlanib yashovchi geterotroflar esa oziqlanish jarayonida organik moddalarni
karbonat angidrid, suv va mineral tuzalarga aylantiradi. Shunday qilib,
ekotizimdagi energiya oqimi avtrotrof va getrerotrof organizmlar o‘rtasida boradi.
Geterotrof organizmlar safiga kiruvchi redutsentlar murakkab organik moddalarni
mineral birikmalarga aylantiradi. Demak, avtotrof organizmlar o‘plagan mahsulot
va undagi energiya boshqa organizmlar o‘rtasida ozuqa zanjiri orqali taqsimlanadi.
Oziqa zanjiri deb, har bir organizm o‘zidan keyinda turgan organizm uchun ozuqa
bo‘lib xizmat qilishi tushuniladi.
Dostları ilə paylaş: