15
tug’iladigan individlarning bunyodga kelish muddati, har xil jins va yoshdagi
individlarning nobud bo’lish xarakteri, populyatsiyaning son jihatdan o’zgarib
turish dinamikasi kabilarga bog’liq.
Populyatsiyaning fazoviy tuzilmasi populyatsiya maydonidagi ayrim
individlar va guruhchalarning tarqalish harakterini ifodalaydi.
Individlarning uch turdagi tarqalishi ma’lum: bir tekis, tasodifiy va guruhli
(to’da-to’da). Individlar bir tekis tarqalganda xuddi mevali daraxtlar bog’da
o’tkazilganidek, bir-biriga nisbatan bir xil masofada joylashadi.
Tasodifiy tarqalishda individlar bir-biridan har xil masofada joylashadi.
Bunday joylashish populyatsiyaning zichligi kam bo’lgan bir xil muhitda
uchratiladi.
Tabiatda guruhli tarqalish turi ko’p uchraydi. Bunda individlar to’da hosil
qilib bir-biridan turlicha masofada joylashadi.
Dostları ilə paylaş: