- 6 -
M u n d a r i j a
bet
KIRISH
3-5
1 bob. Tijorat banklarida hujjatlar aylanishi va ichki bank
nazoratini tashkil qilishning nazariy-uslubiy asoslari.
6-31
1.1.
Tijorat banklarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari.
6-13
1.2. Hujjatlar haqida tushuncha va ularning turlari
14-17
1.3. Tijorat banklarida xujjatlashtirish
va ichki bank nazoratini
nazariy va huquqiy asoslari
18-31
2 bob. ATB “Agrobank” Andijon viloyat boshqarmasi xududiy
filialida hujjatlar aylanishi va ichki bank nazoratini tashkil
etilishi
32-56
2.1. ATB “Agrobank” Andijon
viloyat boshqarmasi xududiy
filialida ish kuni va hujjatlar aylanishining tashkil qilinishi
32-37
2.2. ATB “Agrobank” Andijon viloyat boshqarmasi xududiy
filialida
ichki bank nazorati
38-49
2.3. Pul hisob-kitob hujjatlarini rasmiylashtirish va ichki nazoratdan
o’tkazish
50-56
3-bob. Tijorat banklarida xujjatlar aylanishi va ichki bank
nazoratini takomillashtirish.
57-70
3.1. Bank operatsiyalarini amalga oshirishda javobgarlik.
57-60
3.2. Tijorat banklarida buxgalteriya hujjatlarini
saqlashni tashkil
etish
61-66
3.3. Tijorat banklarida ichki bank nazoratini takomillashtirish
masalalari
67-70
Xulosa va takliflar.
71-73
Foydalanilgan adabiyotlar
74-76
Topshiriq tugatish vaqti: 1 may 2016 yil.
Rahbar,
katta o’qituvchi
: A.Komilov
Bitiruvchi: N.Ne’matov
- 7 -
Kirish
Bitiruv
malakaviy
ishi
mavzusining
dolzarbligi.
Respublikamiz
mustaqillikka erishgandan so’ng, iqtisodiyotimizda bir qator muhim islohotlar
amalga oshirildi.
Jumladan, bank sohasida ham o’zgarishlar bo’ldiki, natijada
ularning faoliyatini amalga oshirish xalqaro andozalar talablariga yaqinlashtirildi
desak mubolag’a bo’lmaydi. Buning isboti sifatida
mamlakatimiz Prezidentining
mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga
mo’ljallangan
iqtisodiy
dasturning eng
muhim
ustuvor
yo’nalishlariga
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasidagi quyidagi so’zlarini
keltirib o’tish kifoyadir: “SHuni ham ta’kidlashimiz zarurki, mamlakatimizda
ishbilarmonlik muhitini yaxshilash borasida olib borayotgan ishlarimiz xalqaro
iqtisodiy tashkilotlarning reytinglarida o’zining ijobiy ifodasini topmoqda. O’tgan
yilning oktyabr oyida Jahon banki “Biznes yuritish” reytingini e’lon qildi. Ana shu
reytingda O’zbekiston faqat bir yilning o’zida 16 pog’onaga ko’tarilib, 87-o’rinni
egalladi.
SHuni
alohida qayd etish kerakki, “yangi biznesni qo’llab-quvvatlash” deb
ataladigan mezon bo’yicha mamlakatimiz ayni paytda jahonda 42-o’rinni, tuzilgan
shartnomalar ijrosini ta’minlash bo’yicha 32-o’rinni, iqtisodiy nochor korxonalarga
nisbatan qo’llanadigan bankrotlik tizimining samaradorligi bo’yicha 75-o’rinni
egallab turibdi. “Kichik biznes sub’ektlariga kredit berish” deb nomlanadigan
ko’rsatkich bo’yicha O’zbekiston so’nggi uch yilda 154-o’rindan 42-o’ringa
ko’tarildi va o’tgan yilning o’zida reytingini 63 pozitsiyaga yaxshiladi.”
1
CHunki O’zbekistonda bank tizimini isloh qilish va rivojlantirishda dastlab
uning qonuniy hamda me’yoriy asoslari yaratildi. O’zbekiston
Respublikasiga
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozning kirib kelishi jarayonida bank tizimini
rivojlantirish va ularning moliyaviy barqarorligini oshirish ob’ektiv zaruriyat
bo’lib, bu o’z navbatida bank faoliyatini uzluksiz
nazorat qilishni va ularni
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi.
- 8 -
samarali boshqarish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlar ba’zasini vujudga keltiruvchi
buxgalteriya hisobining uslubiy asoslarini takomillashtirishni talab etadi.
Banklarda hisob tizimini takomillashtirish ko’p jihatdan uning uslubiy asoslarining
yaratilishiga ham bog’liqdir.
Tijorat banklarida buxgalteriya hisobini tashkil etish hamda amalga oshirilgan
operatsiyalarni rasmiylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. CHunki,
banklarda
likvid aktivlar aylanganligi uchun uni hisobga olish o’z vaqtida rasmiylashtirish
zarur hisoblanadi. Bu esa ortiqcha xarajatlar va burdsizliklarga olib kelishini oldini
oladi.
YUqoridagilarni inobatga olib tanlangan mavzu bugungi kunning dolzarb
mavzularidan biridir.
Dostları ilə paylaş: