8
1.2. Pulga talabning keynscha nazariyasi. Pul taklifi. Bank mul’tiplikatori.
.
Pulga talabning Keyns nazariyasi, likvidlilikning afzalligi nazariyasi, pulni
nakd ko`rinishda saklashga kishilarni undovchi uch sababni ajratib ko`rsatadi:
1.
transaktsion sabab (joriy bitimlar uchun nakd pulga talab);
2.
extiyotkorlik sababli (ko`zda tutilmagan xolatlar uchun ma`lum
mikdorda nakd pullarni saklash);
3.
spekulyativ sabab (foyda olish maksadida kimmatli kogozlar
sotib olish uchun pulga talab).
Spekulyativ sabab foiz stavkasi bilan obligatsiyalar kursi o`rtasidagi teskari
bogliklikka asoslanadi. Agar foiz stavkasi ko`tarilsa, obligatsiyalar baxosi pasayadi,
ularga talab esa oshadi. Bu esa o`z navbatida, nakd pul zaxiralarining kiskarishiga
xamda nakd pullarga talabning pasayishiga olib keladi.
Pul likvidlilik xususiyatiga ega bo`lganligi uchun xam axoli uni saklashni
afzal biladi. Likvidlilikning afzalligi nazariyasi ko`rsatadiki pulga bo`lgan talab
mikdori foiz stavkasiga boglik. Foiz stavkasi nakd pul vositalarini ko`lda ushlab
turishning mukobil xarajatlari mikdorini, ya`ni, siz foiz olib kelmaydigan nakd
pullarni ko`lda ushlab turgan sharoitda yo`kotadigan pul mikdorini bildiradi.
Nonning narxi non talabi mikdoriga ta`sir kilganidek, nakd pullarni ko`lda ushlab
turish mikdori xam pul zaxiralariga talab mikdoriga ta`sir ko`rsatadi. SHuning uchun
foiz stavkasi oshganda, insonlar boyliklarini nakd pul shaklida kamrok ushlab
turishga xarakat kiladi.
Real pul zaxiralariga talab funktsiyasini kuyidagi ko`rinishda yozamiz:
Dostları ilə paylaş: