Byudjet tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida
rejalashtirishtirishning o‘ziga xos xususiyatlari
X.Yo.Majidov
Z.J.Murtazaev
D.E.Nazarova
S.M.Ochilova
S.I.Usmonov
TMI
Annotatsiya: Mazkur maqolada byudjet tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida
rejalashtirishtirishning ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar: byudjet tashiloti, xarajatlari smetasi, xarajatlar guruhlari, vaqtincha
smeta, doimiy smeta, shtatlar jadvali.
Specific characteristics of planning the costs of budget
organizations on the basis of estimate
X.Yo.Majidov
Z.J.Murtazaev
D.E.Nazarova
S.M.Ochilova
S.I.Usmonov
Tashkent Financial Institute
Abstract: This article examines the importance and specific features of planning
the expenses of budget organizations based on estimates.
Keywords: budget transport, cost estimate, cost groups, temporary estimate,
permanent estimate, staff table.
Mamlakatimizda mustaqillikning ilk kunlaridan byudjet tashkilotlarini
moliyalashtirish mexanizmini isloh qilishga, ularning moddiy-texnika bazasini
mustahkamlashga davlat siyosati darajasida alohida e’tibor qaratilib, qator chora-
tadbirlar amalga oshirildi.
Davlat tomonidan mablag‘ bilan ta’minlanadigan qator ijtimoiy sohalar: ta’lim,
sog‘liqni saqlash, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, davlat boshqaruvi organlari muassasa
va tashkilotlari budjet tashkiloti maqomida faoliyat qiladi. Davlat byudjetining katta
miqdori ham aynan shu sohalarni moliyalashtirishga yo’naltirilmoqda.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1159
Byudjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va budjetdan moliyalashtirish
xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi. Xarajatlar smetasini tuzish, ko‘rib chiqish
va tasdiqlash, ro‘yxatdan o‘tkazish, moliyalashtirish uchun qabul qilish tartiblari
Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari, Moliya vazirligining buyruqlari va tegishli
tarmoq vazirliklarining me’yoriy hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan. Lekin oxirgi
yillarda davlat moliyasini isloh qilish loyihasini amalga oshirish doirasida so‘nggi
natijaga yo‘naltirilgan budjetlashtirish tamoyillarining joriy qilinishi, o‘rta muddatli
budjet istiqbollarini belgilash siyosatining ilgari surilishi, davlat budjetining g‘azna
ijrosi mexanizmlarining joriy etilishi, budjet mablag‘lari hisobidan davlat xaridlarini
tashkil etish tartiblarining belgilanishi va budjet siyosatidagi boshqa o‘zgarishlarning
amalga oshirilishi budjet tashkilotlari xarajatlarini aniq rejalashtirish mexanizmlarini
takomillashtirishni talab etmoqda. Respublikamizda xarajatlar smetasidan samarali
foydalanish borasidagi asosiy kamchiliklar byudjet tizimining kengligi, xarajatlar
smetasini tuzishning va g’aznachilik tizimining shaffof emasligida namoyon
bo’lmoqda. Ayrim hollarda xarajatlar smetasini shakllantirish tamoyillarining
buzilishi, xarajatlarning rag’batlantirish vazifasini to’laqonli bajarmayotganligi
holatlari kuzatilmoqda. Natijada byudjet tashkilotlarining moliyaviy tang holatlarga
tushishiga ham yuz bermoqda.
Byudjetdan moliyalashtirish deyilganda rejada ko’zda tutilgan tadbirlarni amalga
oshirish uchun sub’ektlarga byudjetdan mablag’larni taqdim etish tizimi tushuniladi. U
pul mablag’larini taqdim etishning o’ziga xos bo’lgan shakl va metodlari bilan
xarakterlanadi hamda ma’lum bir printsiplarga tayanadi.
Xarajatlar smetasi byudjet tashkiloti yoki byudjet mablag’lari oluvchi tomonidan
moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan, uning uchun nazarda tutilgan
byudjetdan ajratiladigan mablag’lar xarajatlar moddalari bo’yicha aks ettiriladigan
hujjat hisoblanadi
1
.
1-rasm. Xarajatlar smetasining mohiyati
1
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi.T.: “Norma”,MJCh.2014 y- 96 b. 3-moddasi
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1160
Demak, smeta notijorat faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotning maqsadga
yo’naltirilganligi nuqtai nazaridan pul mablag’larining tashkil topishi va sarflanishi
to’g’risidagi axborotni o’zida mujassamlashtiruvchi moliyaviy rejasidir. Ish haqini
to’lashga va joriy faoliyatga xarajatlar byudjetdan ajratilganligini, shuningdek
mablag’larning maqsadliligi va choraklar bo’yicha taqsimoti hajmini belgilovchi
hujjatdir. Xarajatlar smetasi mohiyatini quyidagi rasm ma’lumotlaridan ham kengroq
tushunish mumkin.
2013 yil 26 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksining qabul
qilinishi natijasida yuqoridagi nizom orniga yangi me’yoriy hujjat - O‘zbekiston
Respublikasi moliya vazirining 2014 yil 14 noyabrdagi 74-son buyrug‘i bilan
tasdiqlanib, Adliya vazirligida 2014 yil 15 dekabrda 2634-raqam bilan ro‘yxatdan
o‘tkazilgan “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar
smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi
to‘g‘risidagi Nizom”
2
kuchga kirdi. Ushbu Nizomga muvofiq, budjet tashkilotlarida
smetalarning quyidagi turlari amalda qo‘llaniladi (2-rasm): yakka (individual)
smetalar;
- jamlanma smetalar;
- budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalar;
- markazlashgan tadbirlar uchun smetalar.
2-rasm. Budjet tashkilotlari xarajatlar smetalarining guruhlanishi
3
Yakka smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan alohida olingan muassasa
bo‘yicha tuziladi. Masalan, muayyan hududda (tuman yoki shaharda) joylashgan
yuridik shaxs maqomida faoliyat qiluvchi davlat umumta’lim muassasalari,
maktabgacha ta’lim muassasalari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar mustaqil
2
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014 y., 51-son, 612-modda
3
2634-sonli “Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish,
tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom” asosida talaba tomonidan mustaqil tayyorlandi
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1161
ravishda budjetdan to‘lanishi ko‘zda tutilgan o‘z xarajatlarini yakka smeta asosida
rejalashtiradi.
Jamlanma smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va tegishli davlat
boshqaruv organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli
hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar
bo‘yicha tuziladi (masalan, tuman madaniyat bo‘limiga qarashli markaziy
kutubxonalar tizimi bo‘yicha). O‘zbekiston Respublikasi Budjet Kodeksida
keltirilishicha, “jamlanma xarajatlar smetasi - budjet mablag‘larini taqsimlovchi
tomonidan uning tasarrufidagi budjet tashkilotlarining va budjet mablag‘lari
oluvchilarning xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi” hisoblanadi.
Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta (daromad va xarajatlar smetasi) -
tashkilotlar tomonidan joriy moliya yili uchun tuziladigan va tasdiqlanadigan hujjat
bo‘lib, unda tashkil bo‘lish manbalari va ushbu mablag‘larning qonunchilikka muvofiq
foydalanish yo‘nalishlari ko‘rsatilgan holda budjetdan tashqari daromadlar
tushumlarining prognoz hajmlari aks ettiriladi. Masalan, oliy va o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi muassasalarida talabalarni o‘qitishning to‘lov-kontrakt shaklidan tushgan
mablag‘lar va ularni ishlatish yo‘nalishlari budjet qonunchiligi (xususan, 2634-sonli
Nizom) bilan belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta
asosida rejalashtiriladi.
Markazlashgan tadbirlar uchun smetalar - vazirliklar, idoralar va hokimiyatlar
boshqarmalari va bo‘limlari tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladigan
xarajatlar bo‘yicha tuziladi va har bir markazlashgan tadbir uchun alohida ishlab
chiqiladi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini qishki kiyim-bosh bilan
ta’minlash, birinchi sinf o‘quvchilariga o‘quv qurollari va anjomlari komplekti taqdim
qilish bilan bog‘liq tadbirlar uchun tegishli vazirlik darajasida markazlashgan tadbirlar
uchun smetalar ishlab chiqiladi.
Xarajatlar smetasi va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smeta bir yillik
muddatga - 1 yanvardan 31 dekabrgacha bo‘lgan davrga tuziladi (mavsumiy tadbirlar
uchun yoki joriy moliya yilida ishga tushiriladigan tashkilotlar bo‘yicha esa ularning
mazkur yildagi faoliyat ko‘rsatish oylariga tuziladi va amal qiladi).
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi - budjet tashkilotining (yoki budjet mablag‘lari
oluvchining) xarajatlar smetasi tasdiqlanguniga va ro‘yxatdan o‘tkazilguniga qadar
amal qiladigan hujjat bo‘lib, unda qonun hujjatlaridagi o‘zgartirishlar hisobga olingan
holda uning uchun nazarda tutilgan budjetdan ajratiladigan mablag‘lar har oy uchun
aks ettiriladi. Vaqtinchalik xarajatlar smetasi oylar kesimida birinchi chorakdan
oshmagan davr uchun tuziladi, ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Bunda har oylik
xarajatlar o‘tgan moliya yilining oxirgi choragida budjet tashkiloti tomonidan
sarflangan budjet mablag‘larining uchdan bir qismidan oshib ketmasligi shart.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1162
“Kelgusi moliya yilining birinchi choragi uchun budjet tashkilotlarining va budjet
mablag‘lari oluvchilarning vaqtinchalik xarajatlar smetalari joriy moliya yilining 25
dekabrigacha tuziladi, tasdiqlanadi va ro‘yxatdan o‘tkaziladi”
4
.
Vaqtinchalik xarajatlar smetasi asosiy smeta tasdiqlangunga qadar amalda
bo‘ladi, bunda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasidagi
birinchi chorak uchun ko‘zda tutilgan xarajatlar summasi tashkilotlarning vaqtinchalik
xarajatlar smetasida rejalashtirilgan xarajatlar summasidan kam bo‘lishi mumkin emas.
Shtatlar jadvali esa doimiy ishchilarning lavozimlari nomlarining ro’yxati bo’lib,
unda bir nomdagi lavozimlar va lavozim bo’yicha maoshlarning hajmi qayd etiladi, u
mulk egasi, rahbar yoki yuqori organ tomonidan tasdiqlanadi. Shtat jadvali korxona,
tashkilot va muassasalarning tarkibiy bo’linmalari shtatlarini tegishli toifadagi
ishchilar bilan to’ldirib olish huquqini beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning budjetdan
ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar smetasini va budjetdan tashqari mablag‘lar
bo‘yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash va
ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek shtatlar jadvalini tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish
tartibi bilan belgilangan
5
.
Byudjet tashkiloti va byudjet mablag’lari oluvchilarning O’zbekiston
Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan xarajatlari byudjetdan ajratiladigan mablag’lar
doirasida va ularning xarajatlar smetalarida ko’rsatilgan maqsadlarda amalga
oshiriladi.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlari byudjet
to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda vaqtinchalik xarajatlar
smetasi asosida amalga oshiriladi.
Xarajatlar smetalarini, daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzishda mehnatga
haq to’lash miqdorlari va shartlari, tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun narx va tariflar
barcha tashkilotlar (mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan tuzilayotgan
tashkilotlardan tashqari) bo’yicha - mazkur smetalar tuzilayotgan moliya yilining 1
yanvarida amalda bo’lgan shartlarda; mavsumiy yoki moliya yili mobaynida yangidan
tuzilayotgan tashkilotlar bo’yicha - mazkur tashkilot faoliyat ko’rsatishi boshlangan
oyning birinchi sanasi holatiga ko’ra hisobga olinadi.
Byudjet tizimi byudjetlari ijrosi jarayonida yuzaga keladigan barcha qo’shimcha
xarajatlarga byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar
smetalariga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida va mazkur Nizomda belgilangan
tartibda tegishli o’zgartirishlar kiritiladi.
4
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi.T.: “Norma”,MJCh.2014 y- 96 b. 104-modda.
5
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014 yil 14 noyabrdagi 74-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Byudjet
tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan
o’tkazish tartibi to’g’risidagi NIZOM”.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1163
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi,
daromadlar va xarajatlar smetasi, vaqtinchalik xarajatlar smetalari, byudjet
mablag’larini taqsimlovchilarning jamlanma xarajatlar smetasi ming so’mda tuziladi.
Byudjet
tashkilotlarining
shtat jadvallari va byudjet mablag’larini
taqsimlovchilarining jamlanma shtat jadvallari so’mda tuziladi.
Xarajatlar smetasi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilari
tomonidan belgilangan shaklda tuziladi.
Moliya organlari va byudjet mablag’larini taqsimlovchilar byudjet tashkilotlari
hamda byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetalariga doir hisob-kitoblarni
talab qilishga haqlidir.
Smetalar O’zbekiston respublikasi davlat byudjeti daromadlari va xarajatlarining
amaldagi tasnifnomasiga muvofiq xarajatlarning to’liq yoyilmasi ilova qilingan holda
xarajatlarning to’rt guruhi bo’yicha tuziladi va hisobot berish maqsadida foydalaniladi.
3-rasm. Budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlar smetalaridagi xarajatlarning tarkibi
6
Budjetdan mablag’ oluvchi tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasi va
shtatlar jadvalini, shuningdek amaldagi smeta va shtatlar jadvaliga kiritiladigan moliya
organlarida ro’yxatdan o’tkazilgandan so’ng amalga kiritiladi.
Byudjet tashkilotlarining tasdiqlangan xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini,
shuningdek amaldagi smeta va shtatlar jadvaliga kiritiladigan o’zgartirishlar albatta
Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari bilan kelishiladi.
Xarajatlarning I va II guruhlariga kiritilgan byudjet tashkilotlari xarajatlari
birinchi navbatda moliyalashtiriladi (to’lanadi). Bunda II xarajatlarning guruhiga
tegishli mablag’ o’tkazmasdan I guruh xarajatlarini amalga oshirish taqiqlanadi.
Yagona g’azna hisob raqamida, shuningdek hududiy g’aznachilik hisob raqamida
birinchi va ikkinchi guruhlar bo’yicha to’lanmagan xarajatlar summasidan ortiq
6
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2014 yil 14 noyabrdagi 74-son buyrug’i bilan tasdiqlangan “Byudjet
tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va
ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi NIZOM asosida tayyorlandi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1164
mablag’lar mavjud bo’lganda ortiqcha summa miqdorida uchinchi va to’rtinchi
guruhlar bo’yicha xarajat qilishga ruxsat etiladi.
Kapital qo’yilmalarga ajratmalar (III guruh xarajatlari) joriy byudjet yili uchun
tasdiqlangan Respublika investitsiya dasturiga muvofiq qurilishlarning aniq
ro’yxatlariga muvofiq ajratiladi.
G’aznachilik tomonidan xizmat ko’rsatiladigan buyurtmachilar ob’ektlari
qurilishiga davlat byudjetida nazarda tutilgan xarajatlar G’aznachilik va uning hududiy
bo’linmalari tomonidan O’zbekiston Respublikasining joriy yilga tasdiqlangan
Investitsiya
dasturiga
hamda qurilishlarning aniq ro’yxatiga muvofiq,
buyurtmachilarning Moliya vazirligining G’aznachiligida va uning hududiy
bo’linmalarida ro’yxatdan o’tkazilgan shartnomalarga asosan to’lanadi.
Xarajatlarning I va II guruhlarini respublika va mahalliy byudjetlardan
xarajatlarini moliyalashtirish (to’lash) smetalarga va byudjet xarajatlari ro’yxatlariga,
ularga kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan holda, shuningdek oldingi hisobot
davri uchun belgilangan baholash ko’rsatkichlarining bajarilishiga muvofiq har oyda
amalga oshiriladi.
Kapital qo’yilmalarni va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish (to’lash) byudjetga
mablag’lar tushishiga qarab har oyda amalga oshiriladi.
G’azna ijrosiga o’tmagan byudjet tashkilotlari xarajatlarini:
- respublika byudjetidan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligida belgilangan shakldagi maqsadli sertifikat (unda
byudjet tasnifnomasi paragraflari va xarajatlar guruhlarini ko’rsatgan holda) va
xarajatlarning har bir guruhi bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov
qog’ozi bilan rasmiylashtiriladi;
- mahalliy byudjetlardan mablag’ bilan ta’minlash (to’lash) - tegishli moliya
organlarida belgilangan shakldagi tayinlash sertifikati va xarajatlarning har bir guruhi
bo’yicha bir satrda mablag’ o’tkazish uchun to’lov qog’ozi bilan rasmiylashtiriladi.
G’azna ijrosiga o’tgan byudjet mablag’i oluvchilar bo’yicha xarajatlarni to’lash:
- respublika byudjetidan - O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
G’aznachiligi va uning tegishli hududiy bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan
o’tkazilgan shartnomalar yoki byudjet mablag’larini yuridik va jismoniy shaxslarning
hisob raqamlariga o’tkazish majburiyatini yuklaydigan boshqa hujjatlar asosida
amalga oshiriladi;
- Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy byudjetlardan - Moliya vazirligi
G’aznachiligining tegishli hududiy bo’linmalari tomonidan ro’yxatdan
o’tkazilgan shartnomalar yoki byudjet mablag’larini yuridik va jismoniy shaxslarning
hisob raqamlariga o’tkazish majburiyatini yuklaydiganboshqa hujjatlar asosida amalga
oshiriladi.
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1165
Byudjet tashkilotlarining xarajatlarini moliyalashtirishda (to’lashda) yangi
byudjet yilida mablag’ ajratish rejasi byudjet tashkilotlarining hisobot yilidan keyingi
yilning 1 yanvaridagi holatiga ko’ra tovar-moddiy boyliklarning normativdan ortiq
qoldig’i summasiga kamaytiriladi.
O’tgan yillar debitorlik qarzlarining qaytarilgan summasi, asosiy vositalarni va
boshqa tovar-moddiy boyliklarni sotishdan tushgan summa (byudjet tashkilotlarining
byudjetdan tashqari mablag’lari hisobiga sotib olinganlari bundan mustasno) tegishli
byudjetlar daromadiga o’tkaziladi.
Byudjet mablag’lari byudjet tashkilotlari tomonidan mustaqil ravishda, byudjet
ijrosi jarayonida belgilangan tartibda ularga kiritilgan o’zgartirishlarni hisobga olgan
holda tasdiqlangan xarajatlar smetasi doirasida sarflanadi. Bunda xarajatlarning I va II
guruhlarini moliyalashtirish (to’lash) birinchi navbatda amalga oshiriladi.
Xarajatlarning III guruhi byudjet tashkilotlari tomonidan Respublika investitsiya
dasturida joriy moliya yili uchun belgilangan limitlar doirasida moliyalashtiriladi
(to’lanadi).
"Boshqa xarajatlar" IV guruhi bo’yicha mablag’lar belgilangan limitlar doirasida
quyidagi navbatga rioya qilgan holda sarflanadi:
• ovqatlantirish;
• dori-darmonlar;
• kommunal xizmatlar;
• boshqaxarajatlar.
Xarajatlarning u yoki bu guruhida paydo bo’lgan kreditorlik qarzlar joriy moliya
yiliga belgilangan limitlar doirasida ularning paydo bo’lishi navbatiga ko’ra har qaysi
guruh bo’yicha to’lanadi.
Hisobot choragining oxirgi ish kuni oxirida byudjet tashkilotlarining hisob
raqamlarida qolgan tejab qolingan byudjet mablag’lari (kapital qo’yilmalarni mablag’
bilan ta’minlash uchun nazarda tutilgan mablag’lar bundan mustasno) olib
qo’yilmaydi, Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga o’tkaziladi.
G’azna ijrosiga o’tgan byudjet tashkilotlari bo’yicha hisobot choragining oxirgi
ish kuni oxirida byudjet tashkilotlarining Moliya vazirligi G’aznachiligida va uning
hududiy bo’linmalarida ochilgan hisob raqamlarida qolgan tejab qolingan mablag’lar
(kapital qo’yilmalar bo’yicha xarajatlarni to’lash uchun nazarda tutilgan mablag’lar
bundan mustasno) olib qo’yilmaydi, Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg’armasiga
o’tkaziladi.
Byudjet mablag’lari hisobot choragida tejab qolinsa, tashkilotlarni kelgusi
choraqda mablag’ bilan ta’minlash hajmi kamaytirilmaydi.
Byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarga tegishli moliya yili
uchun byudjetdan ajratiladigan mablag’lar hajmini etkazish tegishli moliya organlari
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3.567 (SJIF) November 2022 / Volume 3 Issue 11
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1166
yoki byudjet mablag’larini taqsimlovchilari tomonidan byudjet to’g’risidagi qonun
hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga oshiriladi.
Byudjet mablag’larini taqsimlovchilarga tegishli moliya yili uchun byudjetdan
ajratiladigan mablag’lar hajmini etkazish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda amalga
oshiriladi.
Xarajatlar smetasini tuzish bo’yicha ishlarni tashkil etish davomida O’zbekiston
Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari, davlat qo’mitalari va
idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo’limlari o’zlariga bo’ysunuvchi
tashkilotlarga byudjet to’g’risidagi qonun hujjatlari va moliya organining mazkur
masala bo’yicha ko’rsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalarni tuzish
tartibi va muddatlari to’g’risida ko’rsatmalar beradi.
Buning uchun O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi
vazirliklari, davlat qo’mitalari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va
bo’limlari bo’ysunuvidagi byudjet tashkilotlari va byudjet mablag’lari oluvchilarning
rahbarlari hamda tegishli xodimlarining kengashini chaqiradilar va xarajatlar smetasini
tuzish tartibi va muddatlari to’g’risida yo’l-yo’riqlar ko’rsatadilar, ularga
tashkilotlarning xarajatlar smetasini tuzish tartibi masalalari bo’yicha qonun hujjatlari
talablarini tushuntiradilar, byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetasi hisob-
kitoblarini qonun hujjatlariga muvofiq kelishi majburiyligi, xarajat qilishda smeta-shtat
intizomiga va tejamkorlik rejimiga rioya qilish haqida ko’rsatmalar beradilar,
shuningdek xarajatlar smetasini tuzish hamda blankalarni to’ldirish texnikasi
masalalari bo’yicha yo’l-yo’riqlar ko’rsatadilar.
Dostları ilə paylaş: |