2.3 Buyuk maqomhon ustoz – Ota Jalol nosirov musiqiy pedagogik
faoliyatiga nazar.
1920-yillarda Buxoro, Samarqand, Toshkent shahrilarida maxsus
musiqa maktablari, bilim yurtlari tashkil qilinib, ularda maqom va xalq
musiqa namunalarini o`zlashtirishga eʼtibor qaratildi; Ota Jalol, Otag`iyos
Abdugʻaniyev, Domla Halim Ibodov, Shorahim Shoumarov, Abdusoat
Vahobov, Usto Shodi Azizov kabi maqomdon sozanda va hofizlar yoshlarga
saboq berish uchun jalb etildilar.
Misol uchun, Buxoro maqomlarining bilimdoni, mohir tanburchi,
zabardast hofiz Ota Jalol Nosirov 1845-yili Buxoroda tavallud topgan. Otasi
Nosir ota masjidda muazzinlik vazifasida ishlagan. Otajalol Nosirov —
hofiz, sozanda, bastakor. Dastlabki musiqa sabokdarini onasidan olgan,
keyinchalik Tillaboy xrfizdan sozandalik hamda maqom ijrochilik sirlarini
oʻrgangan. 1862-yildan Buxoro amirlari (Muzaffarxon, Abdulahadxon,
Olimxon) saroylarida xonanda va sozanda boʻlib xizmat qilgan. 1920—27
yillar Buxorodagi Sharq musiqa maktabida, 1928-yili Samarkand musiqa va
xoreofafiya institutida oʻzbek va tojik xalqlari mumtoz musika merosidan
dare bergan. Shashmaqom yoʻllarini mukammal biluvchi maqomdon ustoz,
murakkab usullar ustasi sifatida tan olingan. Xususan mushkilot qismlarini
tartibga solgan, ayrim maqom sho’balarini kengaytirgan, Segoh maqomiga
savtlar bastalagan (Savti Ja-loliy). Uning ijro uslubi maqom yoʻllari usulining
ravonligi, talaffuzining burroligi va ovozining katta taʼsir kuchiga ega
ekanligi bilan ajralib turadi. 1923-yil O. J. ijrosida V. Uspenskiy Buxoro
Shashmaqomining ashula va cholgʻu yoʻllarini tarixda ilk bor notaga yozib
olib, 1924-yilda nashr ettirgan. Domla Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz,
Levicha hofiz Boboxonov, B. Fayzullayev va boshqa O. J. shogirdlaridir.
Xalq musiqa merosi, ayniqsa, maqom sho‘balaridan xabardor kishi
bo‘lgan. U yoshligidan musiqaga mehr qo`yadi, kasbni o‘rganish maqsadida
davrining maqom bilimdonlaridan biri, mashhur xonanda Tillaboy hofizga
shogird tushadi. Ota Jalol ustozidan Shashmaqomning «Nasr» bo‘limiga
tegishli bo‘lgan qismlarini o‘rganadi.
Ota Jalol 20 yoshlarida saroy hofizligiga qabul qilinadi. U noyob
iste`dodi hamda shirali ovozi bilan tez orada saroy ahli e`tiborini qozonadi.
Shundan so‘ng uni saroy musiqachilarining boshlig‘i etib tayinlashadi. U o‘z
davrining nufuzli maqom ustozlaridan bo`lib yetishadi va Amir Muzaffarxon,
Abdulahadxon va Olimxon saroylarida maqomchilar guruhiga rahbarlik
qiladi. U faoliyati davomida mohir tanburchi va xonanda sifatida shakllanadi.
Shashmaqomning cholg‘u va ashula yo‘llarini tartibli holda ijro etishga
muyassar bo`ladi. Ota Jalol Shashmaqomni ijro etish jarayonida unga ijodiy
yondashadi. Uning faoliyatida ijodiy munosabatlar bo`lganligi xususida
ayrim manbalarda bayon etiladi. Xususan, «Segoh» maqomiga mos savt
bog`laydi va uni «Savti Jaloliy» deb nomlaydi. Bu borada A. Fitrat o‘zining
«O`zbek klassik musiqa va uning tarixi» risolasida quyidagi fikrlarni bayon
etadi: «Segoh maqomida savt sho‘basi yoq edi. Mashhur musiqachi Ota Jalol
tomonidan mening tashviqim bilan 1922-yilda «Savt» bastalangan edi»
5
.
Ota Jalol XX asrning 1920-yillarida Buxoroda ochilgan «Sharq musiqa
maktabi»da faoliyat ko‘rsatadi. O`z davrining nufuzli sozanda va
xonandalariga maqom san`atini o`rgatadi.
1923-yilda V.A. Uspenskiy tomonidan Buxoro «Shashmaqom»i notaga
olinishida ham keksa ustoz eng asosiy tayanch vazifasini bajargan. V.A.
Uspenskiy «Shashmaqom» mushkilot va nasrlarini notaga ko`chirishda Ota
G`iyos Abdug`ani, Abdurahmon Tanburiy (Umarov), Domla Halim Ibodov,
Ma`rufjon Toshpo`latov kabi qator atoqli sozandalar ijrolariga asoslangan.
1922-1923 yillarda Buxoro Xalq Sho’rolar Jumxuriyati (BXShJ) ning
maorif noziri vazifasida ishlagan kezlari bu faoliyati doirasini yanada
kengaytirdi. Fitrat musiqiy ta`limni va bu sohadagi tadqiqotlarni yo`lga
qo`yishni ko`zlab, Buxoro shahrining Ravg’angaron guzarida ixtisoslashgan
musiqa maktabi tashkil etdi. Bu maktab «Sharq musiqa maktabi» atalib, unda
ta’lim jarayoni sharqona ustozu-shogird saboqlari asosida qo’rilgan edi.
Maktabga o`sha zamonning mapgxur maqomxonlari va maqomdonlari Ota
Jalol Nosir o’g’li, Ota G`iyos Abdug`ani o`g`li, Levicha (Levi Boboxonov),
Abduraxmon Umarov, Ma’rufjon Toshpo’latov kabi ustoz san’atkorlar jalb
etildi. Keyinchalik shu ustozlardan saboq olgan Sharq musiqa maktabi
talabalari orasidan Shohnazar Soxibov, Fazliddin Shaxobov, Borux Zirkiyev
kabi mohir maqomxonlar va zabardast bastakorlar Muxtor Ashrafiy, Mutal
Burxonovlar yetishib chiqishdi.
1928 yilda Samarqandda musiqa va xoreografiya ilmiy-tadqiqot instituti
ochildikim, bu oliy dargohda milliy musiqa mutaxassislarini tayyorlash
asosiy maqsad qilib qo‘yilgan edi. Institutga N.N.Mironov rahbarlik qiladi va
u kishi o‘sha davrda mashhur bo‘lgan hofizlar, xonanda va sozandalardan:
Ota Jalol Nosirov va Ota G‘iyos Abdug‘ani, Domla Halim Ibodov,
Abduqodir Ismoilov (nay, qo‘shnay, surnay ijrochisi), Matyusuf Harratovlar
bilan bir qatorda yosh san’atkorlar M.Ashrafiy, T.Sodiqov,M. Burhonov,
Sh.Ramazonovlarni o‘qishga taklif etadi.
. Ota Jalol Nosirov 1928-yilda 83 yoshida Samarqandda vafot etgan.
Xulosa.
Mustaqillik yillari o`zbek an`anaviy musiqasiga e`tibor yanada
kuchaydi. Milliy qadriyatlar, an`analar, urf-odatlar va marosimlarning
tiklanishi musiqa sohasida ham ancha o'zgarishlarga olib keldi. Qadimiy
milliy musiqamizdagi boy badiiy-tasviriy vositalar bilan bir qatorda, yangi
janr va turlarini o'zlashtirish natijasida o'zbek musiqa san`ati yana ham
yuksak darajaga ko'tarildi. Xususan, mamlakatimizda yuksak mumtoz musiqa
namunalarini avaylabasrash, jonlantirish, ravnaq topishiga qaratilgan bir
qancha ibratli ishlar amalga oshirildi.
Movoraunnaxr, ayniqsa, O`zbekiston xalqlari musiqiy merosini
o`rganish
borasida,
birinchidan;
Musiqashunos-manbashunos
olimlardan; Abdurauf Fitrat, Galina Pugachenkova, Tatyana Vizgo, Fayzulla
Karomatli, Said Saidiy, Ishoq Rajabov, Otanazar Matyoqubov, Abdumannon
Nazarov, Rustam Abdullaev, Oqilxon Ibrohimov, R.Yunusovlarning
ajdodlarimiz musiqa merosini o’rganishga doir olib borgan tadqiqotlari
diqqatga sazovordir.
Ayniqsa, I.Rajabovning ”Maqomlar masalasiga doir”, ”Maqomlar”,
O.Matyoqubovning ”Maqomot” asarlari va S.Saidiyning “Shashmaqom va
maqom doyra usullari semantikasi”da milliy qadriyatlarimizdan bo’lmish
maqomlarning nazariy va amaliy asoslari. Ikkinchidan; Qariyib 2000 yillik
ko’xna tarixga ega bo’lgan ushbu sohada, buyuk Тuron zaminida musiqa
madaniyati va ijrochilik san`atining rivojlanishi qadim zamonlarga bog’lanib
ketadi. Buyuk sharq allomalari Borbad Marvaziy, Muhammad Al- Хorazmiy,
Abu Nasr Forobiy, Ahmad al Farg`oniy, Abu Ali ibn Sino, Paxlavon
Mahmud, Umar Hayyom, Mirzo Ulug’bek, Zaxiriddin Muhammad Bobur,
Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Paxlavon Muhammad, Najmiddin
Kavkabiy, Darvish Ali Changiy va boshqa ulug’ bobokalonlarimiz
o’zlarining risolalarida ijrochilik san’ati, musiqa ilmi va tarixi,
cholg’u sozlarining tuzilishi, ijroviy uslublari, san’atkorlik qonun -
qoidalariga oid qimmatli ma’lumotlarni bayon etib ketganlar. Uchinchidan;
Kulliyotning oily maqom bilan bog’lanishida davom maqomlar yaratilib,
bunda, yana Xoja Abdulqodirdan rivoyat qilinib, u o’zining “botin idroki” va
“fahmi zohiri” bilan mazkur 8 maqomga yana to’rttasini Isfahon, Buzruk,
Kuchak va Husayniylarni qo’shganligi bayon etiladi.
O`zbek xalqi musiqa boyliklari asosida yuzaga kelgan Shashmaqom,
o`z navbatida, zamonaviy musiqa sanati rivojlanishiga samarali tasir korsatdi.
O`zbekiston bastakorlari va kompozitorlari o`z ijodida Shashmaqomdandan
keng ko`lamda foydalanishni davom ettirmoqdalar. Hozirgi davrda
Ozbekiston bo`ylab Shashmaqomni ijro etishga ixtisoslashgan professional
ansambllar, havaskor badiiy jamoalar maqomlarni ijodiy o`zlashtirish hamda
targ`ib etish borasida samarali faoliyat ko`rsatmoqdalar. So'nggi yillarda
o'zbek mumtoz musiqasini o'rganishga, o'zlashtirishga va targ'ib etishga,
ularni yanada ravnaq toptirishga qaratilgan qator e'tiborli ishlar amalga
oshirildi. Endilikda o'zbek mumtoz musiqamiz, kengroq, an'anaviy
musiqamiz maxsus fanlar sifatida musiqa, san'at va madaniyat ta'lim tizimiga
joriy etila boshlanganligini ta'kidlash kerak. 1972-yili an'anaviy ijrochilik ilk
bor Toshkent konservatoriyasida joriy etilgan bo'lsa, 1990-yillardan boshlab
o'rta maxsus bilim yurtlarida va 2002-yildan akademik litseylar va musiqa
maktablarida an'anaviy ijrochilik bo'limlari o'z faoliyatlarini boshladi va yosh
avlodning milliy an'analarimiz ruhida tarbiyalash jadallashtirildi. O'zbek
mumtoz musiqasi va an'anaviy ijrochiligi nafaqat konservatoriya, madaniyat
va san'at institutlari, musiqa, san'at va madaniyat kollejlari, akademik
litseylarida, balki umumta'lim maktablarining o'quv jarayoni hamda ta'lim-
tarbiya tizimidan ham munosib o'rin ola boshladi. Respublikamiz miqyosida
muntazam ravishda uyushtirilayotgan ko`rik-tanlovlar, bir jihatdan, buyuk
san`atkorlarimizning musiqa madaniyatimizga qo`shgan hissasini, ularning
o`ziga xos mahorat va iste`dod qirralarini aniqlashga, ommalashtirishga
imkon bersa, ikkinchi tomondan, xalq orasida mumtoz san`atimiz va
san`atkorlarimizning ijodini keng tarqalishi va kelajakda yanada davom
ettirib, rivojlanishiga olib keladi degan umiddamiz. Bu nodir ma'naviy
xazinani yoshlar ongi, faoliyatiga zamonaviy vosita va uslublar asosida
singdira olish zarur. Ana shunda avlodlar va qadriyatlar vorisligi,
an'analarning umrboqiyligi, musiqa san'atimiz istiqboli, ravnaqi va
zamonaviyligini ta`minlagan bo`lamiz.
Dostları ilə paylaş: |