Musiqa pedagogikasi



Yüklə 324,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix01.06.2023
ölçüsü324,38 Kb.
#127514
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
 
 
 
 
 


II Bob Ota Jalol Nosirov mohir sozanda, bastakor va pedagog 
sifatida faoliyati. 

2.1 Ota Jalol Nosirov buyuk maqomhon ustoz. 
Ota Jalol Nosirov buyuk sozanda va Maqom ijrochilik san’atining 
mohir bilimdoni, hofiz, tanburchi 1845- yil Buxoroda tavallud topgan. Uning 
otasi masjidda muazzinlik vazifasida ishlagan. Halq musiqasi, ayniqsa 
maqom sho’balaridan habardor kishi bo’lgan.
U yoshligidan musiqaga mehr qo’yadi, kasbni o’rganish maqsadida 
o’sha davrdagi ko’zga ko’ringan, yetuk honanda, maqom yo’llarining 
bilimdoni Tilloboy hofizdan Buhoro Shashmaqomining “Nasr” yo’llarini, 
qo’shiqlarini qunt bilan o’rganadi.
Ota Jalol 20 yoshlarida saroy hofizligiga qabul qilinadi. U noyob 
iste’dodi hamda uzining shirali ovozi bilan tez fursatda saroy va atrofdagi 
kishilar etiboriga tushadi, mehr qozonadi. Shundan so’ng uni saroy 
musiqachilari boshlig’i etib tayinlashadi. U o’z davriningnufuzli maqom 
ustozlaridan bo’lib yetishadi va Amir Muzaffarxon, Abdulahadxon, Olimxon 
saroylarida maqomchilar guruhlariga rahbarlik qiladi. U faoliyati davomida 
mohir tanburchi va honanda sifatida shakllanadi. Shashmaqomning cholgu va 
ashula yo’llarini tartibli holda ijro etishga muyassar bo’ladi.
Buhoro – Samarqand bastakorlik maktabi o’zbek xalqining mumtoz 
musiqa merosining eng mukammal janri bo’lgan maqomlar yaratilishida 
asosiy zamin bo’lgan. Buxoro maqomlari ta’sirida o’zbek mumtoz 
musiqasining , ijodiyotining boshqa vohalarda rivojlanishi, shakllanishi va 
turli janrlarga ta’siri va mumtozlik kasb etishini alohida qayd etish lozimdir.
XIX asrning ikkinchi yarmida Buxoroning musiqa ijodiyoti va 
ijrochiligi amaliyotida Mirzo Hidoyat, Mullaboy, Abdurahmonbek, 
Abdulhayr Mahmud, Mirbobo, Mirvose’ kabi musiqa bilimdonlari faoliyat 
olib borganlari hususida manba’larda ma’lumotlar qayd etilgan.
Shuni aytish joizki, maqom san’ati Markaziy Osiyo miqiyosida aynan 
Buxoroda shakllangan. Uning shakllanish jarayoni bir qator o’ziga hos 
xususiyatlar doirasida qaror topgan. Mukammal asarlar turkumi yetuklik va 
moxirlik bilan ijro etilgan ijrolar bir qator chig’iriqlardan o’tgandan so’ng 
me’ros shaklida tarkib toadi. Asarlarning tarkib toppishida ijrochilik 


an’analarining 
ta’siri 
beqiyosdir. 
Ijrochilik 
musiqiy 
me’rosining 
shakllanishida bitmas tuganmas ilhom manbai sifatida muhim ahamiyat va 
kata manba bo’lib kelgan, chunki bir- biridan o’rnak rang olib va boshqa 
xususiyat va sifatlardan bahramand bo’lib, “O’xshatish”, “Savt”, “Nazira”, 
ilhomlanish qayta ishlash, moslashtirish kabi ijod uslublari orqali 
maqomlarni mumtoz musiqa namunalarining shakllanishida alohida o’rin 
kasb etib kelgan.
XIX asr ikkinchi yarmi- XX asr boshlarida yashab ijod etgan va 
ustozona musiqaning bilimdoni sifatida tarixga nomi bitilgan san’atkor, 
maqomdon hofiz Ota Jalol Nosirov Buxoro bastakorlik maktabining yorqin 
namoyondalaridan bir hisoblanadi. 

Ota Jalol Nosirov “Shashmaqom” ni ijro etish jarayonida va yozib 


olinishi ishlarida ijodiy yondashuv orqali o’z bastakorlik malakalrini 
mohirona ko’rsatadi. Uning faoliyatida ijodiy munosabatlar bo’lganligi 
hususida ayrim manba’alarda bayon etiladi. Hususan, “Segoh” maqomiga 
mos savt bog’laydi va uni “Savti Jaloliy” deb nomlaydi. Bu borada Abdurauf 
Fitrar o’zining “Ozbek klassik musiqasi va uning Tarixi” risolasida quyidagi 
mazmundagi fikrlari bilan o’rtoqlashadi: “Segoh maqomida savt sho’basi 
yo’q edi. Mashxur musiqachi Ota Jalol tomonidan mening tashviqim bilan 
1922 – yilda “savt” bastalangan edi”.
Buxoro Shashmaqomini yozib olish asosan XX asr davomida 
voqeillikka aylandi. Uning ayrim parchalari XX asr arafasida harbiy 
kapelmeyterlar A. Eyxgorn va A. Leysek tomonidan notaga ko’chilgani 
haqida ma’lumotlar bor, lekin nisbatan to’la nusxani ilk bor notaga 
ko’chirilishida Abdurauf Fitrat tashabbuskor va tashkilotchi sifatida alohida 
jonbozlik ko’rsatdi. Fitrat 1921 – yili Toshkentdan Buxoroga qaytgach 
maorif va madaniyat ishlari b ilan shug’ullana boshladi. Sadri Ziyo, Musa 
Saidjonov, kabi maslakdoshlari bilan hamkorlikda ilmiy jamiyat tuzib, turli 
fanlarga oid nodir qo’lyozmalarni to’plashga kirishadi. 1922-1923 – yillarda 
Buxoro Xalq Sho’rolar Jumhuriyati (BMSHJ) ning maorif noziri vazifasida 
ishlagan kezlari bu faoliyat doirasini yanada kengaytiradi. 
Fitrat musiqa ta’limini va bu sohadagi tadqiqotlarni yo’lga qo’yishni 
ko’zlab, Buxoro shahrining Ravg’angaron guzarida ixtisoslashgan musiqa 
maktabi tashkil etadi. U “Sharq musiqa maktabi” nomi bilan atalib, unda 


ta’lim jarayoni sharqona ustoz shogird saboqlari, an’analari asosida 
yo’g’rilgan edi. Maktabga o’sha davrning mashxur maqomdon ustozlari Ota 
Jalol Nosirov, Levicha (Levi Boboxonov), Ota G’iyos Abdug’ani, 
Abdurahmon Umarov, Ma’rufjon Toshpo’latov kabi ustozlardan saboq olgan 
Sharq musiqa maktabi talabalari orasida Shoxnazar Sohibov, Fazliddin 
Shahobov, Bobur Zirkiyev kabi mohir maqomxonlar yetishib chiqdi.


Yüklə 324,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin